Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Mahallamizning bog‘cha va maktab joylashgan qismidagi transformator ochiqligi sababli 7 yoshli bolani tok urdi, hozir shifoxonada... Bunga qay bir masʼul tashkilot javob bera oladi?!»

Murojaat mazmuni: Sizga Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Navro‘z qo‘rg‘oni, “Mevazor” MFY tomonidan murojaat qilyapmiz. Mahallamizning bog‘cha va maktab joylashgan qismida transformator bor. Yaqinda shu transformator ochiqligi sababli 7 yoshli bolani tok urdi. Hozirda bola shifoxonada. Bolaning qo‘llari hozircha hech narsani sezmayapti. Sizlarga murojaatim shuki, bormi tirik jon?! Davlat tomonidan necha million-milliard so‘mlar ajratiladi, aslida bu transformatorlar qanday holatda bo‘lishi kerak? Nahotki davlatning pulini yeb to‘ymadinglar?! Bola bu ahvolga tushushiga endi qay bir masʼul tashkilot javob bera oladi?! Kim qaraydi bu transformatorlarga, yoki yana kimdir talafot ko‘rishini kutasizlarmi?!

  • 10.03.2023
  • 191
Murojaatchi: «Ko‘p joyda tajriba kerak, deyilsa, biz sirtqida o‘qiyotganlar tajribani qayerdan olamiz? Bitirgandan keyin ham qayerdan olamiz tajribani?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli ishchilar! Men Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanda tug‘ilganman. Hozirda “Namangan politex”da energetika va mehnat muhofazasi fakultetining texnologik mashinalar va jihozlar sohasida o‘qiyman. 4-kurs, sirtqi taʼlimdaman. Ishga kira olamanmi? “MET” eʼlonlarini ko‘rib chiqsam, tajriba bo‘lish kerak, deyilgan. Bitirgandan keyin ham tajriba, kerak deydi. Ko‘p joyda tajriba kerak, deyilsa, biz sirtqida o‘qiyotganlar tajribani qayerdan olamiz? Bitirgandan keyin ham qayerdan olamiz tajribani? Murojaatimni o‘qiysizlar, deb uylayman...

  • 20.02.2023
  • 183
Murojaatchi: «Oldindan pul to‘lab qo‘ysak ham “svet”ni yoqolmayotganimiz uchun Xudoning oldida hammang javob berasan hali!»

Murojaat egasi: Yakubjonov Ixtiyorjon Islomjon o‘g‘li, Farg‘ona viloyati.

  • 15.02.2023
  • 179
Murojaatchi: «Osiyo ko‘chasi 8-uy — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati manzilimi yoki manzili boshqami?»

Murojaat egasi: Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati («Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi nomidan).

  • 13.02.2023
  • 195
Murojaatchi: «Javob bermaydigan bo‘lsangiz, men Prezident Administratsiyasi hamda Bosh prokuraturaga murojaat qilaman!»

Murojaat egasi: Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati («Karimboy Otabek servis» oilaviy korxonasi nomidan)

  • 10.02.2023
  • 503
Murojaatchi: «Filialimiz xodimlari qishki poyabzal bilan ta'minlandi. Lekin podstansiya muhandislari bundan mustasno. Nega?!»

Murojaat mazmuni: Men «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida faoliyat yuritaman. Filialimiz xodimlari qishki poyabzal bilan ta'minlandi. Lekin podstansiya muhandislari bundan mustasno. Faqat ta'mirlash brigadalari va elektr montyorlariga berildi. Mening savolim shundan iboratki, quyidagi tartib «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan amalga oshirilmoqdami yoki filial tomonidan? Darvoqe, yurtimizda kechgan anomal sovuq va noqulay ob-havo sharoitida qishki ust-bosh kiyimlardan esa xabar yo‘q. Javob uchun oldindan rahmat.

  • 07.02.2023
  • 234
Murojaatchi: «Ishga kirish bo‘yicha kimga murojaat qilishim kerak?»

Murojaat egasi: Nortojiyev Adhambek Alisher o‘g‘li, Surxondaryo viloyati.

  • 06.02.2023
  • 638
Murojaatchi: “Sizlardan ish so‘rab murojaat qilyapman. Energetika tarmoqlari bo‘yicha sirtqi ta’limda o‘qiyman...”

Murojaat egasi: Amirov Sohibjon Ikrom o‘g‘li, Samarqand viloyati.

  • 01.02.2023
  • 296
Murojaatchi: “Oliy ma’lumot. Soha — kimyoviy texnologiya. Namangan muhandis-texnologiya instituti...”

Murojaat egasi: Turonpo‘latov Shukurullo Hasan o‘g‘li, Namangan viloyati.

  • 30.01.2023
  • 205
Murojaatchi: «Bizning mahallamiz juda qoloq, jumladan “svet”larimiz nosoz, 1 dona 100–150 xo‘jalik foydalanadigan transformatordan 300 ga yaqin xo‘jalik foydalanadi!»

Murojaat mazmuni: Men Uskanov Dilshodbek, ariza yozishimdan maqsadim shuki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Xalq biz uchun emas, Biz xalq uchun» ishlashimiz va kerakli sharoitlar yaratib berishimiz kerak. Bu gap ko‘p marotaba aytib kelinadi. Shuni inobatga olib, biz yoshlar ko‘p marotaba viloyat hokimligiga, Xalq qabulxonalariga, tuman hokimligiga murojaat qilib chiqqanmiz. Bizning bu murojaatimizni joyiga kelib to‘liq o‘rganib chiqmaslaridan “dasturga tushmaydi yoki keyingi yillarga o‘rganib chiqamiz”, deb e’tiborsiz qoldirmoqdalar.

  • 30.01.2023
  • 300
Murojaatchi: «Bizning yer maydonimizga qurilish-montaj ishlarida zarar yetkazilgan. Ushbu zarar qoplanib berilishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman!»

Murojaat egasi: Berdiyev Erali Abdugʻani oʻgʻli, «Pavloniya eko sifat» fermer xoʻjaligi, Samarqand viloyati.

  • 24.01.2023
  • 297
Murojaatchi: «Nishon elektr tarmoqlariga ishga kirmoqchiman. Amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman...»

Murojaat egasi: Xo‘jamuratov Jonibek Sayim o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati.

  • 23.01.2023
  • 399
Murojaatchi: «Murojaatlarimizni yana o‘zimizni tumanga jo‘natishadi. Bular “cheklov bor”, deydi — tamom. Birorta qaraydigan, tartibga soladigan mas’ul shaxslar bormi?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nog‘oraxona mahallasidan murojaat qilmoqdaman. Tumanimizda 3 yoki 4 ta elektr liniyasi bor. O‘shandan bitta bizani liniyamizda cheklov haddan ziyod ko‘p, liniyamizni nomi hududiy elektr tarmoqlarini aytishi bo‘yicha “Tegirmon-110” emish.

  • 18.01.2023
  • 162
Murojaatchi: “Magistraturani tugatganman. 4 oy elektrik bo‘lib, 3 yil muhandis bo‘lib, 8 oy usta bo‘lib ishlaganman...”

Murojaat egasi: Ro‘ziyev Fazliddin Faxriddin o‘g‘li, Buxoro viloyati.

  • 16.01.2023
  • 635
>