Yangiliklar
O‘zbekiston va Rossiya Energetika vazirlari hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
  • 03.06.2021
  • 521

  Joriy yilning 3-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultanov Rossiya Energetika vaziri Nikolay Shulginov bilan energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

  Uchrashuv davomida energetika rahbarlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, Rossiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi energetik loyihalarining joriy va istiqbollari hususida to‘xtalib o‘tdilar.

  “O‘zbekiston tom ma'noda Rossiyaning energetika sohasidagi uzoq muddatli hamkoridir, mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda yaqin va barqaror aloqalar rivojlangan. Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida gaz, neft va energetika sohalarida faol ishlar olib borilmoqda. Bizning kompaniyalarimiz, Gazprom va uning sho‘ba korxonalari, LUKOYL O‘zbekistondagi neft va gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalariga ega va bu borada transchegaraviy energiya ta'minoti o‘sib bormoqda”, - dedi Nikolay Shulginov.

 

 Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalari elektr energetika sohasidagi qator loyihalarni, xususan, respublika hududida gidroelektr stansiyalarni qurish bo‘yicha loyihalarni nazorat qilib, faol hamkorlik qilmoqda, deya ta'kidladi Rossiya Energetika vaziri.

  “O‘tgan yili hukumatlararo komissiya doirasida Energetika bo‘yicha kichik komissiya tashkil etildi. Kichik komissiyaning vazifasi Rossiya va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan”, - dedi Nikolay Shulginov.

 

 

 

 “Rossiya O‘zbekistonning energetika sohasidagi eng ishonchli hamkorlaridan biridir. Rossiya bilan hamkorlik asosida uglevodorodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Bunda Rossiya tomonidan “VEB.RF” va “Gazprombank” AJ bevosita ishtirok etmoqda. Rossiyaning “IKS Xolding” kompaniyasi ko‘magi bilan energetika sanoatini raqamlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda va amalga oshiriladi. Gazprombank neft va gaz sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda katta yordam beradi. “Zarubejneft”, “FORUS” AJ, “Tatneft” va boshqa Rossiyaning nufuzli kompaniyalari bizning energetik hamkorligimizga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jarayonida haqiqatan ham ilg‘or texnologiyalar tug‘ilayotgani va qo‘llanilayotgani quvonarlidir. Bizning hamkorligimizning alohida qismi kadrlar tayyorlash bo‘yicha sheriklik hisoblanadi. O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksining kelajakdagi mutaxassislari Rossiyaning Toshkentda ochilgan uchta universiteti filiallarida malaka oshirmoqdalar. Oldinda mamlakatlarimizning energetik rivojlanishini aniqlaydigan yanada ko‘proq qo‘shma loyihalar borligiga aminman”, - dedi Alisher Sultanov.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1281

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>