2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kompaniya haqida
Qisqacha ma'lumot
  • 01.04.2026
  • 13540

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

   O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

   

   Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Aksiyadorlik jamiyati balansida 60 341 МВА to’la quvvatga ega 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli 1672 ta podstansiya hamda 38 682 km uzunlikdagi 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 8967  nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.

Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

Yuridik manzil: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy

 

Telefon: +998 71-236-6035 (Axborot xizmati)

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz  

Telegram

Facebook

Twitter

Instagram

Utube

Youtube

Odnoklassniki