2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Rahbariyat

Nazirov Abdumalik Abdusalimovich

Abdumalik Abdusalimovich 1984-yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanida tug‘ilgan. U 2005- yilda Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi bo‘limi tahsil olgan, 2007-yilda esa magistr ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi.

A.A.Nazirov o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Piskent tumani elektr ta'minoti korxonasida nazoratchi, elektromontyor vazifalaridan boshlagan. Oliy ma'lumot sohibi bo‘lganidan so‘ng, 2006-yildan Markaziy magistral elektr tarmoqlarida elektromontyor, muhandis lavozimlarida ishlagan.

2009–2014-yillar oralig‘ida “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Energiya sotish xizmati guruh rahbari, 2014–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, 2016–2018-yillarda “O‘zbekenergo” DAK “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Moliya-iqtisod va energosotish masalalari bo‘yicha direktori, 2018–2019-yillarda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya rejimi va yo‘qotishlar nazorati bo‘limi boshlig‘i, 2019-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Abdumalik Abdusalimovich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyati yuritgan.

Nazirov Abdumalik Abdusalimovich ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Lavozimi: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Qabul kunlari: Seshanba 10:00–12:00

Elektron pochta: nazirov@uzbekistonmet.uz


 

Vakansiya

Sobirjon Sadullayevich Artikov

Sobirjon Artikov 1975-yil 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi injenerlar institutini, 2009-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutinining magistraturasini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini davlat tashkilotlarida hisobchi vazifasidan boshlab, «O‘ZBEKENERGO» DAK korxonalarida elektromontyor, texnik, muhandis vazifalarida ishlagan. «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» ochiq aksiyadorlik jamiyatida kapital qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari, investitsiya va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha direktor, ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimlarida, so‘ngra Shahrisabz tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ayni paytda Sobirjon Sadullaevich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda faoliyat yuritmoqda.

Lavozimi: Boshqaruv raisining strategik rivojlantirish, transformatsiya, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kapital qurilish, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Qabul kunlari: Пайшанба 10:00–12:00

Elektron pochta: artikov@uzbekistonmet.uz


 

Qurbonov Feruz Mustafoyevich

Feruz Qurbonov 1981-yil 24-dekabr sanasida Buxoro viloyatining Jondor tumani tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat texnika universitetini (magistratura), 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Ish faoliyatini «O‘ZBEKENERGO» DAK «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ podstansiyasi xizmati elektr chilangarligidan boshlagan Feruz Mustafoyevich keyinchalik ushbu tashkilotda usta, guruh boshlig‘i sifatida 10-yil davomida mehnat qilgan. Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olganidan keyin u «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ da Texnik ishlab-chiqarish xizmati boshlig‘i, so‘ng loyihalarni boshqarish guruhi rahbari sifatida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

2017-yildan «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish bo‘yicha direktor, «O‘zbekenergo» AJda investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i, «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-yildan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ng Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarni kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ayni paytda Feruz Mustafoyevich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda faoliyat yuritmoqda.

Lavozimi: Boshqaruv raisining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari.

Qabul kunlari: Juma 10:00–12:00

Elektron pochta: f.qurbonov@uzbekistonmet.uz

Yuldashev Akbarxon Abbasovich

Akbarxon Yuldashev 1975-yil 20-oktabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Ish faoliyatini “O‘zbekenergo” DAK “Shahrisabz elektr tarmoqlari” korxonasi Ishlab chiqarish-texnik bo‘limi standartizatsiya va kapital qurilish bo‘yicha texnigi lavozimidan boshlab, 2002-yilga qadar ushbu tashkilotning turli bo‘limlarida texnik-inspektor, muhandis, yetakchi muhandis lavozimlarida mehnat qilgan.

2002-2012-yillarda “O‘zbekenergo” DAK “Energosotish” filialida yetakchi muhandis, “O‘zbekenergo” DAK Iqtisodiyot va prognozlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, shu boshqarmaning boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi,
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolarning huquqini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentida sho‘ba mudiri, 2019-2023-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Lavozimi: Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

Qabul kunlari: Juma 10:00–12:00

Elektron pochta: a.yuldoshev@uzbekistonmet.uz


 

BOSHQARUV RAISINING YORDAMCHISI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining yordamchisi

Аbdullayev Qayumjon Omonboyevich

 

Murojaat uchun telefon: +998 (71) 236-56-22

E-mail: info@uzbekistonmet.uz