«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning barcha ovoz beruvchi aksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli bo‘lib - «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning Yagona aksiyadori hisoblanadi.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ustav kapitalidagi 100% yoki 52 023 111 103 dona oddiy aksiyalariga Yagona aksiyador – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi egalik qiladi.
Yagona aksiyadorning 2019-yil 26-iyuldagi 4-sonli qaroriga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi bilan (2018-yil 20-apreldagi, 15-sonli) tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini oldi.
2019-yil 1-oktabr holatiga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining hajmi 474 054 788 400,0 so‘mni tashkil etadi, nominal qiymati 100,0 so‘m bo‘lgan 4 740 547 884 dona oddiy aksiyalarga bo‘linadi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining yagona aksiyadori O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi.
Yagona aksiyadorning 2019-yil 27-avgustdagi 5-sonli qaroriga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi bilan (2015-yil 31-dekabr, 9-sonli) tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini oldi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga muvofiq, oddiy aksiyalari yagona aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.