Yangiliklar
ENERGETIKA SOHASINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONI BO‘YICHA DUNYO TAJRIBASI O‘RGANILADI
  • 16.06.2021
  • 285

  Ayni paytda Toshkent siti majmuasining “Xilton” kongreslar zalida “Iks Xolding” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ham ishtirok etmoqda.

  Seminar mavzusi “O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika tizimini raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish” xususida bo‘lib, unda energetika sohasini raqamlashtirish jarayoni va uning bosqichlari bo‘yicha dunyo tajribasi haqida so‘z yuritiladi.

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>