Yangiliklar
Elektr ta'minoti: Modernizatsiya loyihasi doirasidagi ta'mirlash ishlari davomida sodir bo‘lgan nosozlik 17 daqiqa ichida bartaraf etildi. Ayni paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
  • 01.07.2021
  • 234

 Bugun Qoraqalpog‘istonning 3 ta tumanida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida kun.uz axborot saytining “Qoraqalpog‘iston | Kun.uz” telegram kanalida xabar e'lon qilingan edi.

 https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/3714

Darhaqiqat, joriy yilning 30-iyun–3-iyul kunlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan 220/110/10 kV «Beruniy» podstansiyasida modernizatsiya loyihasi doirasida ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga belgilangan tartibda ma'lum qilingan.

  Ayni kunlarda «Beruniy» podstansiyasida AT-1 avtotransformatorining 220 kV tomonida yangi yacheyka qurildi hamda zamonaviy elegazli o‘chirgich o‘rnatildi. Joriy ishlarni bajarish uchun yuqorida ta'kidlanganidek, Milliy dispetcherlik markazi hamda turdosh tashkilotlar bilan kelishilgan holda AT-1 va AT-2 avtotransformatorlarini o‘chirish uchun talabnomalar berilgan.

  Bundan tashqari, 30-iyun kuni AT-2 avtotransformatori avariyaviy o‘chib, elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi. Elektr ta'minoti 17 daqiqada tiklandi va barcha 110 kV kuchlanishli havo tarmoqlariga kuchlanish berildi (bu paytda AT-1 avtotransformatori ta'mirda edi).

  Sodir bo‘lgan texnik-muhandislik holati favqulodda sodir bo‘lgani (va tez muddatda tiklangani) uchun OAV orqali iste'molchilarga ma'lum qilinmadi, biroq tegishli tartibda tizim dispetcherlariga ma'lum etildi. Ayni paytda podstansiya barqaror faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytda AT-2 avtotransformatorining avariyali o‘chish sabablari aniqlanmoqda, shu bilan birga, podstansiya va elektr tarmoqlarida favqulodda o‘chishlarning oldini olish ishlari amalga oshirilmoqda.

  Eslatib o‘tamiz: amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari elektr ta'minoti tizmining ishonchliligi oshirishga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxiz

 

>