Yoshlar siyosati
Imkoni bo‘la turib kitob o‘qimagan kishining savodsizdan farqi yo‘q...
  • 17.07.2021
  • 494

Vazirlar Mahkamasining “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy haftada “Kitobxonlik haftaligi”ning o‘tkazilishi “O‘zbekiston MET” AJ  yoshlari tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olingani rost.
 
  Shu munosabat bilan “Qashqadaryo MET” filialida ham "Kitobxonlik haftaligi" karantin koidalariga to‘liq amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

  Albatta, tadbirlar asosiy ish vazifamizga xalaqit bermagan holda, filial rahbariyati va kasaba uyushmasi hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
 
  Kitobxonlik tadbirlarida “Qashqadaryo MET” filiali bo‘lim va podstansiyalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar, ayniqsa yoshlarning jahon va o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligi namoyon bo‘ldi.

✔️ Endi qashqadaryolik yosh energetiklar videochelenjga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

✍️ "Qashqadaryo MET" filiali Yoshlar Ittifoqi tashkiloti a'zolari

 Axborot xizmati

>