«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: ELEKTR TA'MINOTI TIZIMINING BARQAROR FAOLIYATI — TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING TAYANCHI HISOBLANADI
  • 13.08.2021
  • 565

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlanadi!

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

 

  Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish hamda ularni joriy va kapital ta'mirlash, sanoat hamda urbanizatsiya taraqqiyotiga muvofiq rivojlantirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va qisman qo‘shni davlatlardan import qilinayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlar orqali taqsimlovchi elektr tarmoqlariga yetkazib berish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish, shu bilan birga, sohada qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
  Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiya va 11 400 kilomerdan ortiq 220–500 kilovolt kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud.

  Ma'lumki, O‘zbekiston elektr energetika tizimi boshqa davlatlarniki kabi tunu kun ishlaydigan, bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilib, shu lahzada iste'mol qilinadigan, bir necha bosqichli murakkab jarayonlar majmuidir.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mamlakat energo tizimida muhim ahamiyat tutuvchi Milliy dispetcherlik markazi mavjud. Raqamlashtirish dasturining yirik loyihalari aynan shu markazda amalga oshirilmoqda.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

  Elektr energiyasi ta'minoti umumtizimida ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tizimda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya holatlariga qarshi rele himoyasi va avtomatika tizimining tezkor choralari, oddiy til bilan aytganda, yuqori kuchlanishli havo liniyalarining aynan qaerida nosozlik (!) nima sababdan ro‘y berganini bir necha kilometr uzoqdagi boshqaruv pultidan turib bilish va soniyalar ichida holatni barqarorlashtirish, buning uchun kerakli topshiriq-ko‘rsatmalarni berish — Markazi tomonidan samarali foydalanib kelayotgan raqamli dasturlarning bir qismidir.

  Aksiyadorlik jamiyati Amerika Qo‘shma Shtatlarining USAID agentligi bilan hamkorlikda energetika tizimining ish rejimlarini hisoblash uchun mo‘ljallangan DigSilent Power Factory dasturi o‘zlashtirilib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, Jahon Banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston energetika sohasidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini raqamli texnologiyalarga o‘tkazish, ya'ni mavjud operativ-axborot kompleksini zamonaviy SCADA/EMS tizimi bilan almashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

USAID оказывает содействие модернизации энергетического сектора Узбекистана: https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/851

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5578

  Hyech kimga sir emas, rivojlangan mamlakatlar energetika sohasi hozirda bizga nisbatan ilg‘or va samarali ish bosqichda. Sohaning barqaror faoliyati ko‘p tomonlama mutaxassislarning bilim-salohiyatiga bog‘liq.

  Aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha bir necha bosqichli o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, xavfsizlik texnikasi oyligi ko‘rik tadbirlari doirasida elektr muhandis va chilangarlarining bilim-saviyasi baholab borilishi an'anaviy ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini Rossiya Federatsiyasining Peterburg energetika malaka oshirish instituti hamda “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi”ning amaliy mashg‘ulot kurslarida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6258

  Tan olib aytish kerakki, o‘tgan yillar davomida elektr tarmoqlari va podstansiyalarda jismonan va ma'nan ekirgan elektr uskuna-jihozlari deyarli almashtirilmagan, faqat joriy va mavsumiy ta'mirlangan.

  Oxirgi uch-to‘rt yilda esa xalqaro moliya institutlar hamkorligida yuqori kuchlanishli 84 ta podstansiyalarning qariyb 50 foizida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, bir qator investitsiya loyihalar natijasi amaliyotga tatbiq etilib, elektr ta'minotining ishonchliligi oshirilmoqda.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5009

Keling, aniq raqamlarga to‘xtalaylik...

  2021-yil birinchi yarimyillik yakunlariga ko‘ra mamlakatimizning magistral elektr tarmoqlari orqali 31,6 milliard kilovatt.soat elektr energiyasi transportirovka qilinib, reja 108,1 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2020-yilning mos davri ko‘rsatgichi 25,9 milliard kilovatt.soatga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6901

  Investitsiya dasturi doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 54,04 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 130,6 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 130,7 foizni tashkil etadi.

  Modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bu mavjud umumiy quvvat ko‘rsatkichlariga olti oy ichida yana 631 megavoltamper quvvat qo‘shildi, degani. O‘sish sur'ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatkichi — 422 megavoltamperga nisbatan 149 foizni tashkil etdi.

  Taqqoslash uchun: Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iste'mol quvvati 250–300 megavoltamper atrofida bo‘lsa, mamlakatimizdagi eng yirik iste'molchi — Navoiy viloyatining iste'mol quvvati 1100–1200 megavoltamperni tashkil etadi. 

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7707

 Shuningdek, joriy yilning birinchi yarimyillik rejasiga muvofiq keng ko‘lamli mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Misol uchun, kuch transformatorlari bo‘yicha reja 175 foizga, 110-500 kilovolt kuchlanishli o‘chirgichlar bo‘yicha reja 110 foizga, havo kompressorlari bo‘yicha reja 127,3 foizga, havo liniyalarini mukammal ta'mirlash rejasi 112 foizga bajarildi.

  Bu raqamlar yuqori kuchlanishli podstansiya va tarmoqlarda birorta muammo va kamchiliklar qolmadi, degani emas, albatta. Yildan-yilga, mavsumdan-mavsumga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun hali ko‘plab elektr qurilma va jihozlar yangilanishi, muhimi — to‘g‘ri ekspluatatsiya etilishi, zamonaviy, ixcham, raqamli texnologiyalar asosida ishlaydiganlariga almashtirilishi lozim.

 Qariyb chorak asr davomida deyarli yangilanmagan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari oxirgi 4-5-yilda, investitsion loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan yangilanib, yangi-yangi elektr ob'ektlari qurilmoqda. Ammo bular hali rivojlanayotgan Yangi O‘zbekiston uchun yetarli emas...

  Demakki, galdagi vazifalar — jadal sur'atlarda sifatli ish ko‘lamlarini bajarish, bu orqali aholini elektr ta'minotidan rozi qilib, yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik biznes vakillari rivoji uchun ishonchli ta'minot yaratilishi lozim.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6739

Shu o‘rinda Hukumat ko‘rsatmalariga muvofiq faoliyatni transformatsiya qilish ham muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlash lozim.

  Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarda chuqur diagnostika o‘tkazish va aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, xarajatlarni qisqartirish, quvvatlarni modernizatsiya qilish maqsadida “McKinsey&Company” hamda “ИКС Холдинг” xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7541

  Jamiyatda zamonaviy boshqaruv tizimlari va usullarini joriy etish bo‘yicha ISO 9001 “Sifat menejmenti tizimi” hamda ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” xalqaro standartlari sertifikatlari qo‘lga qiritildi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6001

  2019 moliyaviy yilidan boshlab Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari joriy etilib, hozirda Jahon Bankining ko‘magida “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi jalb etilgan.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7564

  Sohaga yangi jahon standartlarini joriy qilish, zamonaviy raqamli podstansiyalar va elektr tarmoqlarini qurish hamda ulardan foydalanishda ushbu standartlardan foydalanish maqsadida “Uzassystem” bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqilgan 524 ta standartni qo‘llash bo‘yicha "O‘zstandart" agentligining roziligi berildi.

  Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan xususiy elektr stansiyalarini, avvalo qayta tiklanuvchi energiya manbalari negizida ishlaydigan stansiyalarni respublika energotizimiga ulash va ularni boshqarishni ta'minlash hamda ushbu ishlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan yollangan Adalid Asesores y Consultores (ADAYC) konsalting kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

  Xulosa shuki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud podstansiyalar quvatini oshirib, yangilarini qurish, sohada raqamlashtirish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bo‘yicha bo‘yicha bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7356

  Maqsad esa aniq — elektr ta'minoti tizimining xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchi hamda qo‘shni mamlakatlardan import qilinayotgan elektr energiyasini past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berish ishonchliligini oshirish, bu orqali aholi, o‘rta va kichik biznes, klaster xo‘jaliklari-yu yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish.

  Bir so‘z bilan aytganda, tejamkor, samarador va tezkor ish tamoyillari asosida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar  — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifalardir.

✍️ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>