OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«O‘zbekiston MET» AJ: Joriy yilning birinchi yarimyilligida modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, qo‘shimcha quvvatlar yaratildi
  • 17.08.2021
  • 319

  2021-yil birinchi yarimyillik yakunlariga ko‘ra mamlakatimizning magistral elektr tarmoqlari orqali 31,6 milliard kV•soat elektr energiyasi transportirovka qilinib, reja 108,1 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2020- yilning mos davri ko‘rsatgichi 25,9 milliard kV•soatga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi.

✔️ Investitsiya dasturi doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 54,04 mln. doll. mablag‘lar o‘zlashtirilib, reja 130,6 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2020 yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 130,7 foizni tashkil etadi.

✔️ Modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bu mavjud umumiy quvvat ko‘rsatkichlariga olti oy ichida yana 631 MVA quvvat qo‘shildi, degani. O‘sish sur'ati 2020-yilning mos davri ko‘rsatkichi — 422 MVAga nisbatan 149 foizni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iste'mol quvvati 250–300 MVA atrofida bo‘lsa, mamlakatimizdagi eng yirik iste'molchi — Navoiy viloyatining iste'mol quvvati (yirik sanoat korxonalari hisobiga) 1100–1200 MVAni tashkil etadi.

✔️ Shuningdek, joriy yilning birinchi yarimyillik rejasiga muvofiq keng ko‘lamli mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Misol uchun, kuch transformatorlari bo‘yicha reja 175 foizga, 110-500 kV kuchlanishli o‘chirgichlar bo‘yicha reja 110 foizga, havo kompressorlari bo‘yicha reja 127,3 foizga, havo liniyalarini mukammal ta'mirlash rejasi 112 foizga bajarildi.

  Bu raqamlar yuqori kuchlanishli podstansiya va tarmoqlarda birorta muammo va kamchiliklar qolmadi, degani emas, albatta. Yildan-yilga, mavsumdan-mavsumga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun hali ko‘plab elektr qurilma va jihozlar yangilanishi, muhimi — to‘g‘ri ekspluatatsiya etilishi, zamonaviy, ixcham, raqamli texnologiyalar asosida ishlaydiganlariga almashtirilishi lozim.

☑️ Qariyb chorak asr davomida deyarli yangilanmagan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari oxirgi 4-5 yilda, investitsion loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan yangilanib, yangi-yangi elektr ob'ektlari qurilmoqda. Ammo bular hali rivojlanayotgan Yangi O‘zbekiston uchun yetarli emas...

  Demakki, galdagi vazifalar — jadal sur'atlarda sifatli ish ko‘lamlarini bajarish, bu orqali aholini elektr ta'minotidan rozi qilib, yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik biznes vakillari rivoji uchun ishonchli ta'minot yaratilishi lozim.

Batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1316

https://t.me/minenergy_uz/3705

https://minenergy.uz/uz/news/view/1410

https://minenergy.uz/ru/news/view/1410

https://uza.uz/ru/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>