Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovning 24–25-avgust kunlari amalga oshirilgan xizmat safari tafsilotlari
  • 26.08.2021
  • 621

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovning xizmat safari Toshkent–Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan «Afrosiyob» tezyurar poezdining tonggi reysidan boshlandi.

 

  Boshqaruv raisini Samarqand shahri vokzalida «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori. F.Z.Qurbonov kutib olib, Samarqand viloyatidagi magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarda amalga oshirilayotgan kapital hamda joriy ta'mirlash ishlari, viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik to‘g‘risida haqida hisobot berdi. 

 

  Shu bilan birga, F.Z.Qurbonov «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan qurilish-montaj tashkilotlari ishtirokida “Samarqand”, “Cho‘pon-ota”, “Kattaqo‘rg‘on” va “Sug‘diyona” podstansiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, kapital va joriy ta'mirlash ishlari xususida hisobot berdi.

  Boshqaruv raisi Samarqand–Qarshi yo‘nalishidagi podstansiya va elektr tarmoqlarida brigadalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishganidan so‘ng, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi yangi qurilib, foydalanishga topshirilayotgan «Amir Temur» podstansiyasiga tashrif buyurdi.

 

 

 

  Ma'lumki, 220/110/10 kV kuchlanishli “Amir Temur” podstansiyasining qurilish-montaj ishlari ayni paytda jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Loyihaning moliyalashtirish manbai: “O‘zbekiston MET” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan, loyihalashtiruvchi tashkilot — “O‘zenergoinjiniring” AJ, pudratchi tashkilot esa “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ.

  Eslatib o‘tamiz,  500 kV kuchlanishli «G‘uzor» podstansiyasidan chiquvchi yangi qurilgan 2 dona 220 kVli elektr uzatish havo tarmoqlariga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 13/2237-sonli topshiriqnomasiga asosan “L-Amir Temur-1” va “L-Amir Temur-2” shartli dispetcherlik nomlarini berilib, qurilish-montaj ishlari prudratchi tashkilot — “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ tomonidan, loyihalashtirish ishlari esa “O‘zenergoinjiniring” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

 

 

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Amir Temur” podstansiyasining qurilishi davom etayotgan dispetcherlik binosining ichida xorijlik mutaxassislarlar bilan (Xitoy Xalq Respublikasi) sayyor qabul o‘tkazdi. Xorijlik mutaxassislar yangi qurilayotgan podstansiya va yuqori kuchlanishli liniyalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ishchi tartibdagi masalalarni hal etishdi.

 

 

 

  Eslatib o‘tamiz, yangi qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda «Amir Temur» podstansiyasi, dastavval, Shahrisabz tumanining elektr ta'minoti ishonchliligini (o‘tkazuvchanlik quvvatini) oshiradi, so‘ng Qashqadaryo viloyati elektr ta'minotida yurtiqcha yuklama tufayli kelib chiqadigan turli nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

 Bundan tashqari, «Amir Temur» podstansiyasi Shahrisabz tumanida qurilayotgan yangi sement zavodi hamda boshqa kichik va o‘rta biznes vakillari — ishlab chiqarish korxonalarining asosiy elektr ta'minoti manbaiga aylanishi nazarda tutilgan.

 

 

 

  Shu bilan birga, yangi 220 kVli elektr tarmog‘i va podstansiya Qashqadaryo viloyatining Kitob, Chiroqchi va Qamashi tumanlari iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishiga, uning sifat ko‘rsatkichlari oshirilishiga xizmat qiladi.

 

 

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining navbatdagi manzili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Denov tumanlaridagi investitsiya dasturi bo‘yicha qurilish yo‘nalishidagi — O‘zbekiston Resublikasidagi amaldagi qonunlar talablariga muvofiq buzib ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xonadonlarda bo‘ldi.

  Ayni kunda O‘zbekiston energetika tizimi Tojikiston energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlamaydi. Bundan bir necha yil oldin 64 km uzunlikka ega 500 kV kuchlanishli liniya demontaj qilingan edi. O‘tgan vaqt oralig‘ida liniya himoya zonasi ostida mahalliy hokimlik qarori bilan turar-joylar qurilgan. Endilikda ushbu liniya qayta tiklanmoqda. Bu loyihaning qayta tiklanishi Tojikistonda suvdan olingan elektr bilan kechki maksimumlarni qoplashga va Tojikiston energetika tizimi bilan parallel ishlash uchun qulay sharoit yaratadi.

 

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, Tojikistonning "Regar" podstansiyasi bilan yuqori kuchlanishli "Surxon" podstansiyasi bog‘lanadi.

  Ushbu loyihaning ahamiyati O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining vegetatsiya — sug‘orish mavsumida mamlakatimiz hududiga qo‘shni respublikalardan kirib keladigan tabiiy suv oqimlarining hajmiga ham ta'sir etadi.

 

Qo‘shimcha ma'lumot:

2021-yilda Tojikiston bilan uzilgan 64 km elektr liniya qayta tiklanadi, loyiha qiymati 14,7 mln dollar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/838

  Shuni alohida ta'kidlash joizki, Boshqaruv raisi 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilish jarayonini bilan bevosita tanishib chiqqach, loyihalashtirish instituti mutaxassis xodimlarini ushbu manzilga takroran kelishi va xalqaro moliyalashtirish instituti vakillari bilan kelishgan holda muhim ahamiyatga ega loyihaning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bilan birga muddatlarini rejadan kechiktirmagan holda qurib topshirish uchun zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

  Bir so‘z bilan aytganda, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi 64 km uzunlikka ega 500 kV kuchlanishli G‘uzor-Regar elektr tarmog‘ining aholi punktlarini kesib o‘tuvchi qir-adirlik, tepalik va jarlik relefini birma-bir yurib o‘rganib chiqdi. Mutaxassislarga shu paytgacha loyiha muddatini ortga surishga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim muammolarga tezkor va samarali yechim topib berdi.

 

 

 

Qo‘shimcha ma'lumot:

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona telefon raqami orqali A-76-sonli qaydnoma (23.08.2021) bilan ro‘yxatga olingan fuqarolar murojaatiga javob

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1345

  Xizmat safarining ikkinchi kuni ham Denov va Sariosiyo tumanidagi mahallalar va uning atrofini o‘rganish,  yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilishi liniyasining himoya zonasi ostiga tushgan mahallalardagi xonadon egalari bilan bevosita muloqot bilan davom ettirildi.

Qo‘shimcha ma'lumot:

ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON–TOJIKISTON HAMKORLIGI HAR IKKI DAVLAT VA MARKAZIY OSIYO TARAQQIYOTI UCHUN XIZMAT QILADI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/522

 

 

 

  Kunning ikkinchi yarmida «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Qarshi shahrida barpo etilayotgan ma'muriy binosi — Boshqaruv raisi D.A.Isaqulov xizmat safarining navbatdagi manzili bo‘ldi.

 

  Unda Aksiyadorlik jamiyati rahbari yangi qurilib, foydalanishga topshirilayotgan ma'muriy binoning qurilish-pardoz ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, ma'muriy bino atrofidagi obodonchilik va bog‘dorchilik ishlari yakuni bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shu bilan birga, boshqaruv raisi Qarshi shahrida joylashgan 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari bilan bevosita tanishib, o‘z tavsiyalarini berdi.

 

Qo‘shimcha ma'lumot:

Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/866

  Ma'lumot o‘rnida: «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Qarshi shahrida barpo etilayotgan ma'muriy binosi 1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik yubileyi arafasida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

 

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining xizmat safari Qarshi–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan «Afrosiyob» tezyurar poezdining kechki reysi bilan tugallandi.

✍️ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>