Yangiliklar
MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA DASTURI: «Farg‘ona» podstansiyasida yuqori quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish ishlari yakunlandi
  • 29.11.2021
  • 472

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «Farg‘ona» podstansiyasida, «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida, quvvati 125000 kVAli avtotransformator yangi va zamonaviy — quvvati 200000 kVAli avtotransformatoiga almashtirish ishlari yakunlandi.

 

  Loyiha doirasida yangi o‘rnatilgan avtotransformatorga tegishli bo‘lgan 220 kVli va 110 kVli yacheykalaridagi ma'nan va jismonan eskirgan o‘chirgichlar zamonaviy elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib, releli himoya tizimi mikroprotsessorli shkaflar bilan ta'minlangan holda ishga tushirildi. Shuningdek, yangi avtotransformator uchun «avtomatik o‘t o‘chirish» statsionar tizimli qurilmasi barpo etildi va ishga tushirildi.

 Joriy yilning 27-noyabr kuni, qurilish-montaj va sozlash ishlari to‘liq yakunlanib, tasdiqlangan ishga qo‘yish dasturi asosida, yangi avtotransformator 72 soat davom etadigan sinov rejimi asosida ishga qo‘yildi. Bajarilgan ishlarning yakuniga ko‘ra, 220/110/10 kVli «Farg‘ona» podstansiyasida elektr energiyasi quvvatini o‘tkazish imkoniyati qo‘shimcha 75000 kVA hisobiga ortdi.

 

 

  Shuni alohida ta'kidlash joizki, «Farg‘ona» podstansiyasi orqali Farg‘ona va Marg‘ilon shahri, shuningdek, viloyatning Qo‘shtepa, Yozyovon, Farg‘ona tumanlarida joylashgan iste'molchilar uchun elektr energiyasi yetkazib beriladi.

 Ma'lumot o‘rnida, «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 3 ta: «Sokin», «O‘zgarish» va «Farg‘ona» podstansiyalarida qurilish-montaj va ishga tushirish ishlari olib borilmokda. Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari boshlanishidan avval mazkur podstansiyalarda o‘rnatilgan avtotransformatorlarning umumiy quvvati 1050000 kVAni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘rnatilgan avtotransformatorlarning umumiy quvvati 1500000 kVA ni tashkil etmoqda. Ya'ni podstansiyalar orqali elektr energiya quvvatini o‘tkazish imkoniyati 43% yoki 450 MVA hisobiga ortdi.

 

 

 Shuningdek, mazkur podstansiyalarda ma'nan va jismonan eskirgan o‘chirgichlar hamda o‘lchov transformatorlarini zamonaviylariga almashtirish ishlari, bundan tashqari, bino-inshootlarning estetik holatini yaxshilash maqsadida ta'mirlash-butlash ishlari olib borilmoqda.

 Filial ishchi-xodimlarining sa'y-harakatlari zamirida samarali va betalofat ish muhitini yaratish hamda Prezidentimizning 2017-yil 16-sentyabr sanasida tasdiqlagan PQ–3284-sonli qarori ijrosini ta'minlashga qaratilgan asosiy maqsad mujassam.

✍️ G‘ayratjon Shermatov, «O‘zbekiston MET» aksiyadorlik jamiyatining «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali  direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>