Yangiliklar
“Farg‘ona MET” filiali tomonidan 2096 tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan
  • 01.12.2021
  • 473

  Prezidentimiz tomonidan Respublikamiz miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish dolzarb vazifa etib belgilangan edi.

  Ushbu umummilliy loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona MET” filiali tomonidan 2096 tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

  Hozirda “dolzarb 40 kunlik” hashar doirasida tashkilotimiz xodimlari va Yoshlar ittifoqi a’zolari o‘zaro uyushqoqlik bilan ko‘chatlarning yarmidan ortig‘i ekib bo‘lishdi. “Yashil makon” hashar tadbirlari shu kunlardagi iliq ob-havodan unumli foydalangan holda izchil davom ettirilmoqda.


 

Farg‘onalik energetiklar lohiha tadirlarida ota-bobomizdan qolgan ibora — “Yaxshidan bog‘ qolar – yomondan dog‘ qolar” deya elektr obyektlari atrofini bog‘ga aylatirishmoqda.

 

✍️ “Farg‘ona MET” filiali Yoshlar ittifoqi a’zolari

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>