Yangiliklar
Energetika vazirligi: Yangi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish uchun sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda
  • 23.12.2021
  • 416

  Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

  Ob'ektda kurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmokda. Kecha 22-dekabr kuni elektr stansiyaning ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berildi. Ayni paytda kurilmaning yordamchi uskunalari ishga tushirilmokda.

  Yakin 7-8 kun ichida elektr stansiya O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.

 Elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

  Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2020-yilning 13-avgustdagi PQ-4807-son va 2021-yil 4-martdagi PQ-5018-son qarorlariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.


  O‘zbekiston Respublikasi
  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1684


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>