Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 6-sonli: «Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi — xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish garovi»
  • 26.01.2022
  • 579

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot

Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 22 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 4663 nafar kasaba uyushma a'zolari, shu jumladan 948 nafar xotin-qizlar va 1095 nafar yoshlardan iborat.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini 2019-yil 17-sentabrdan boshladi va tasarrufiga Jamiyat tarkibidagi 22 ta filialdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonun, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlariga muvofiq olib boradi.

Birlashgan kasaba uyushmasining 22 ta filiallari boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari 2021-yilda ish rejalariga muvofiq samarali mehnat faoliyati olib bordilar, jumladan:

    ·        Vatanga muhabbat, vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida Respublikamizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor qadamjolari — Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlariga sayohatga xodimlar va ularning oila a'zolari olib borildi. Toshkent dengizi sohilidagi “Qaldirg‘och” dam olish zonasiga sayohatlar tashkil etildi. ("Sirdaryo MET", "Toshkent TSQ", "Toshkent MET", "Energo-IT" filiallari).

 

 
·    Barcha bayramlar munosabati bilan jamoalarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 8 mart, Navro‘z, Mustaqillik, Konstitutsiya kuni, 22-dekabr — Energetiklar kuni kasb bayramlari munosabati bilan barcha filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlarga energetika tizimi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan Energetika faxriylari taklif etildi. “Energetika faxriysi” unvoniga sazovor bo‘lgan hamda Faxriy yorliq va Tashakkurnoma olgan xodimlarga guldastalar, esdalik sovg‘alari taqdim etilishi uyushtirildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

    ·   Xodimlarning yubiley sanalari, pensiyaga chiqishi va tug‘ilgan kunlari munosabati bilan ularga qimmatbaho sovg‘alar, zarchopon, esdalik papkalari va guldastalar topshirilishi uyushtirildi barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

 
·        2021-yilda 124 nafar xodimlar yubiley sanalarini nishonladilar va ularga Jamiyat tomonidan 203 200 ming so‘m rag‘batlantiruv to‘lovi ajratildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).      

    ·        Pensiyaga 81 nafar xodim kuzatildi va ularga Jamiyat tomonidan 288 622 ming so‘m rag‘batlantiruv to‘lovi ajratildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

    ·        8-mart bayrami munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatining 1012 nafar xotin-qizlariga Jamiyat tomonidan 1 031 223 ming so‘mlik rag‘batlantiruv to‘lovi berildi. Barcha kasaba uyushmalari tomonidan xotin-qizlarga bayramga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

 

 
·        Ho‘jalik hisobidan 1% Mehnatga haq to‘lash fondidan Yangi yil bayrami munosabati bilan Jamiyat xodimlarining 5 020 nafar farzandlariga 491 960 ming so‘mlik Yangi yil sovg‘alari berildi. Yangi yil bayrami tomoshalariga, bolalar o‘yin maydonchalariga chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

    ·        Pandemiya davrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj xodimlarga va «COVID-19» kasali bilan kasallangan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatildi. 2021-yilda xodimlarga ijtimoiy ko‘mak va sog‘ligini tiklash uchun kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan 222 003 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

    ·        Yangi yil bayrami arafasida podstansiyalarda osh tashkil etish, bayram dasturxoni tuzash uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi (Barcha filiallarda).

    ·     Konsert, teatrlarga chiptalar xarid qilindi: Yulduz Usmonova, Alisher Fayz, "Dizayn" jamoasi, Yangi yil bayrami tadbirlari va boshqalarga... (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

 
·      1-sentabr o‘quv yili arafasida 2 va undan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchi farzandi bo‘lgan xodimlarning farzandlariga o‘quv-qurollari xarid qilindi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

·     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Jamiyat tasarrufidagi filiallarning barcha kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, volleybol va minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.  Musobaqa g‘oliblariga va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 
·    1-iyun Bolalarni himoya qilish kuniga "Ashxabod" istirohat bog‘iga 400 dan ziyod chiptalar tarqatildi (“O‘zbekiston MET” AJ Markaziy boshqaruv apparati, "Energo-IT" filiali).

    ·        Xodimlarning 83 nafar farzandlariga “Chotqol” , 28 nafariga Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Nurafshon” bolalar dam olish lagerlariga yo‘llanmalar berildi. Olingan yo‘llanmalar xodimlarning farzandlariga imtiyozli qilib berildi, Jamiyat va Kasaba uyushmasi mablag‘laridan bu maqsadlarni amalga oshirishga 97 231 ming so‘m mablag‘ sarflandi ("Toshkent MET", "Jizzax MET", "Toshkent TSQ", "Qashqadaryo MET", "Toshkent shahar MET", "Magistraltarmoqqurilish", "Energo-IT" filiallari hamda “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy boshqaruv apparatida).

·   Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish uchun Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarga basseynga imtiyozli abonementlar tarqatildi.  

·   Xodimlarning arizalariga asosan ularga va ularning oila a'zolariga O‘zbekiston Respublikasining sihatgohlari va dam olish uylariga yo‘llanmalar ajratilmoqda. “Nurafshon” sihatgohiga 250 dan ziyod imtiyozli (xodimga 30% ga, oila a'zosiga 50% ga), “Ugam” dam olish maskaniga 14 dona (45% ga), Kasaba uyushmasi mablag‘idan "Xumson", "Zomin", "Oqtosh" va boshqa sanatoriyalariga 74 dona, ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan 23 dona imtiyozli 45% lik yo‘llanmalar xodimlar va ularning oila a'zolariga berildi. (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

 

  ·        Pandemiya davrida karantin holatida ishlagan podstansiya xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari doimiy ajratib turildi ("Qashqadaryo MET" filiallining Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududida ishlaydigan xodimlariga).  

 ·        Respublikaning ommaviy axborot vositalari gazeta va jurnallarga 2022-yil uchun «Ishonch», «Ishonch-Doverie», «Darakchi», «Saodat» va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi (barcha filiallar hamda Markaziy boshqaruv apparatida).

2022-yilda ham «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirishda kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda xizmat qiladi.

Nodira Xidirova, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>