Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 8-sonli: «Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi: bo‘sh ish o‘rinlari, «onlayn rezyume», malaka oshirish, ilmiy-amaliy hamda o‘quv seminarlaridagi faol ishtiroklar»
  • 02.02.2022
  • 668

“O‘zbekiston MET” AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasida 2021-yil davomida bajarilgan ishlar chora-tadbirlash ish rejasi hamda yo‘l xaritalari bandlariga muvofiq ravishda amalga oshirildi. Har oyning 5-sanasiga qadar uzbekistonmet.uz rasmiy-veb sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar joylashtirib borildi. Ushbu ma'lumotlar, shuningdek, Ochiq ma'lumotlar portaliga ham yuklanib, bo‘sh ish o‘rinlariga munosib mutaxassislarni ishga qabul qilish jarayonining ochiqligi hamda shaffofligi ta'minlandi.

 

Bundan tashqari, “Bo‘sh ish o‘rinlari” rukni tarkibida ikkinchi — “Onlayn rezyume” nimrukni ochildi va u yerda murojaatchilar o‘z tarjimai holi, ya'ni rezyumeni to‘ldirib kiritishi hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari bilan onlayn rejimga muloqotga kirishi imkoniga ega bo‘lishdi — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume;

“O‘zbekiston MET” AJ Xodimlarining malakasini oshirish maqsadida 2021-yil yanvar-dekabr oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoniga asosan Ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, SCADA va boshqalar) tizimlarini joriy etilayotganligi sababli 2021-yilda 15 nafar mutaxassis o‘qitildi;

 2021-yilda jamiyatning 66 nafar xodimlari uchun “Nurafshon” sanatoriyasida o‘quv kurslari tashkil etildi va shu barobarida sog‘lig‘ini tiklash uchun shart-sharoit yaratildi;

2021-yilda Nizomiy nomli O‘zbek tili va adabiyoti universiteti koshidagi markazda o‘zbek adabiy tili me'yorlarini va davlat tilida ish yuritish kursi bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyatining 16 nafar xodim o‘qitildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari (MHXS)ga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Jamiyatning 20 nafar mutaxassislari fevral oyida malakasi oshirdi;

2021-yilda ISO 9001-2015 sifat sertifikati bo‘yicha Jamiyatning 23 nafar rahbari xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritishdi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 16-martdagi 06/24-41-sonli topshiriq xatiga asosan Respublika energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish doirasida, DEVA tajribasini o‘rganish maqsadida, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga Jamiyatning 9 nafar rahbar xodimlar 2021-yilning mart oyida malaka oshirib keldi;

2021-yilda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasining 4 oylik o‘quv kursida 2 nafar xodim o‘qitildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 26-oktabr kuni Elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 87-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyatda zamonaviy texnologiyalar, jihoz va uskunalar, elektronika va avtomatika, dasturiy ta'minotlarni ishda qo‘llay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘tgan yilning mart oyida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg energetika malaka oshirish instituti qo‘shimcha kasbiy ta'lim Federal davlat avtonom o‘quv muassasasi bilan memorandum tuzildi va Jamiyatning 40 nafar rahbar-mutaxassislari uchun 2021-yilning may-iyul oylarida onlayn darslar tashkil etildi;

 

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7126

 

Jamiyatning ichki imkoniyatlaridan foydalanib 2021-yil yanvar-dekabr oylarida filiallarda tashkil qilingan o‘quv kurslarida 2020 nafar xodimning malakasi oshirildi.

2021-yilda Jamiyatning 5 nafar rahbarlari Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk viloyati, Janubiy Ural mustahkamlash va izolyasiya zavodiga (UAIZ) tashrif buyurib, uskunalar ishlashini yaxshilash va yuqoridagi elektr tarmoqlari va nimstansiyalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, elektr sanoati ob'ektlarini qurish yuzasidan ikki tomonlama seminarda ishtirok etib, masalalar muhokamasi bo‘yicha maslahatlashuv amalga oshirildi;

2021-yilda ISO 37001-2016 xalqaro standarti asosida korrupsiyaga qarshi kurashish ekspert auditori o‘quv kursi bo‘yicha 19 nafar rahbar-xodimlar xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi;

2021-yilda Jamiyatning 3 nafar rahbar-mutaxassisi “Rosseti” AJ tomonidan har yilgi professional mutaxassislarning WorldSkills usuli bo‘yicha ochiq xalqaro korporativ musobaqasida qatnashish, favqulotda vaziyatlarda boshqarish tizimlaring avtomatlashtirish buyruqlarini uzatish kanallaring ishonchliligini oshirish va energiya ta'minoti tizimlari (ShET)dan foydalanish bo‘yicha mavjud tajriba almashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida qatnashish yuzasidan Rossiya Federatsiyasining yekaterinburg shahrining “Uralenergoservis” tomonidan uyushtirilgan seminar treningda qatnashishdi;

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-sonli bayoniga asosan “2019-2020-o‘quv yillarida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish uchun davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi va 2021-yil 26-iyuldagi 2-son bayoniga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi yig‘ilishining iqtisodiyot yo‘nalishida kamida besh yillik tajribaga ega nomzodlar orasidan 2021-2022-o‘quv yilida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari orasidan 19 nafar mutaxassis tanlab olinib, OTMga suhbat natijalariga ko‘ra talaba bo‘ldi;

 

 

Bundan tashqari, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vizirligining 2021-yil 30-avgustdagi 126-sonli buyrug‘iga asosan Jamiyatning 3 nafar rahbar-mutaxassislari Birlashgan Arab Amirliklarining “Honeywell” kompaniyasini tajribasini o‘rganish hamda energetika tarmog‘i sohasini raqamlashtirish jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishini o‘rganib kelishdi;

2021-yilda Energetika kompaniyalari bilan hamkorlik dasturi (USEA)ga asosan “O‘zbekiston MET” AJ xodimlari uchun DigSILENT dasturiy ta'minoti yordamida elektr tarmoqlarini kompyuter dasturi orqali modellashtirish, Muqobil energiya manbalarini joriy etish mavzusida Ukrainaning Kiev shahrida Jamiyatning 5 nafar rahbar-mutaxassis xodimlari o‘quv seminarida qatnashdi;

2021-yilda “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalar qurishi uchun xorijiy investorlar bilan investitsion loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish “Qayta tiklanuvi energiya manbalari taraqqiyoti va energotizim bilan paralel ishlash amaliyoti” mavzusida Germaniyaning Kessel shahri “Fraun-Institut fur Enerliewirtchaft” instituti 3 nafar rahbar-xodimlar o‘quv treningda ishtirok etib kelishdi;

2021-yilda jamiyating Yuridik boshqarmasi hamda filiallarda faoliyat yurituvchi 9 nafar yuriskolsultlari uchun “Yuridik xizmati tomonidan davlat organlarining faoliyatida qonun ustivorligi va qonuniylikni ta'minlashda ishtiroki” mavzusida o‘quv seminarlarida qatnashib keldi.

 

2021-yilda Jamiyatning 1 nafar rahbari Koreya Respublikasining «Birgaram International Expo of Elektrik Pover Technologi (BIXPO-21)» tomonidan Atom energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazma hamda konferensiyada ishtirok etib keldi.

2021-yilda jamiyatning 27 nafar rahbar-mutaxassislari xorijiy tillarni o‘rganish maqsadida Sambridj xorijiy tillarni o‘rgatish markazida ingliz tili kurslariga qatnashishdi.

2021-yilda Italiyaning milan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va EDF kompaniyasining (Fransiya) “konfirensiya Enlit, PowetGen 2021” tomonidan tashkillashtirilgan elektr energetika tizimini raqamlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ularning magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarga ta'siri, davlat xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyaviy modellari hamda ular doirasida tuzilgan shartnomalarni xuquqiy ekspertizadan o‘tkazishga qaratilgan o‘quv seminarda 1 nafar rahbar qatnashdi.

2020-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmoniga asosan 2 nafar rahbar-xodimga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilm darajasini yoqlashi uchun sharoit yaratilib berildi.

O‘zbekiton Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”da Jamiyatning 2 nafar xodimi ta'lim olish uchun imkoniyatlar yaratildi.


 ✍️  I.Xamidov, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>