Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 9-sonli: «Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens nazorati bo‘limi: qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida faoliyat yuritilmoqda»
  • 03.02.2022
  • 420

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida 2021-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma'lumot:

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan o‘tgan 2021-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”a ksiyadorlik jamiyati tomonidan “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat hamda magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib berish hamda davlatlararo elektr energiyasi tranzitni amalga oshirishda ISO 9001 xalqaro standartining sifat sertifikati qo‘lga kiritildi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6349

  O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda tasdiqlangan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuniga muvofiq Aksiyadorlik jamiyatimiz tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni maxsus elektron portali platformalari orqali amalga oshirilib, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilangan shartnomalar maxsus elektron portaliga joylashtirildi.

  Shuningdek, Jamiyatda korrupsiyaga qarshi “komplaens nazorat tizimi” yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘z faoliyati davomida qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida ishlab, xodimlarni ishga qabul qilishda yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsion harakatlarini oldini olish maqsadida, tanlov asosida qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7564

  Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan 2021-yil 4-noyabr kuni tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar rejasi”ning 7-bandida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan Jamiyatimizda “Korrupsiya — rivojlanishitmizga to‘siq” mavzusida korrupsion havf-xatarlarning oldini va bartaraf etish xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

  Ushbu o‘tkazilgan davra suhbatida sohani yanada rivojlantirish, uning faoliyatida korrupsiya holatlarini kelib chiqishini bartaraf etish va unga qarshi kurashish, ish faoliyatida samaradorlikni oshirish hamda keng jamoatchilikni xabardor etish belgilandi.

  Shu bilan birga, “O‘zbekiston MET” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan muntazam ravishda muloqot kanallari to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilgan.

 

 

  Ushbu muloqot va axborot kanallar orqali Jamiyatda faoliyat yuritayotgan xodimlar korrupsiya holatlarini kelib chiqishini oldini olish hamda o‘zlarining fikr-mulohazalarini ochiq va shaffof taqdim etish imkoniyatlari mavjud.

  Nigora Abdullayeva, Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>