Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 10-sonli: «Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi: favqulodda o‘chishlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar»
  • 03.02.2022
  • 544

  E'tiboringizga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarufidagi 110–500 kV kuchlanishli EUHT — elektr uzatish havo tarmoqlari favqulodda o‘chishlarni oldini olish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida qischqacha ma'lumotlarni taqdim etamiz.

 

  “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi elektr uzatish havo tarmoqlarini tabiiy ofat (kuchli shamol) vaqtida va qushlar ta'sirida favqulotda o‘chishini oldini olish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilangan va ular rejaga muvofiq 2021-yilda to‘liq bajarilgan.

  Jumladan:

  O‘zbekiston Respublikasida kuchli shamol keladigan hududlaridagi 110–500 kVli EUHTda amaldagi qoida talabiga binoan shamolning yo‘nalishiga 30 gradusdan yuqori bo‘lganda ta'sir qiladigan qismlariga qo‘shimcha yuklar (gruz), tirgak sifatida (LK) izolyatorlar ilinib, favqulotda o‘chishlarning oldini olindi. Belgilangan rejaga muvofiq nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

  Ma'lumki, yirik qushlar o‘z migratsiyasi davrida qo‘nim izlab, ko‘proq 110–500 kVli EUHT tayanchlarini qulay joyiga qo‘nadilar. Asosan bu shoda izolatorlar tayanchga ilingan travers bosh qismi hisoblanadi.

 

  Yirik qushlarning ajratmalari (qush axlati) shoda izolyatorlardagi dielektriklik xossasiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Natijada elektr ta'minoti tizimida favqulotda o‘chish sodir bo‘lib, ko‘pgina hollarda qushlarni o‘zi ham nobut bo‘ladi.

  Ushbu favqulotda o‘chish holatlarini bartaraf etish va qushlarni himoya qilish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ tasarufidagi 110–500 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarida qushlarga qarshi himoya moslamalarining 4 xil turidan samarali foydalanilib kelinmoqda.

 

  Bularga quyidagicha izoh keltiramiz:

    1) Taroqsimon (vertikal), 12-14 mm lik armaturadan tayyorlangan moslamalar;

    2) Juft taroqsimon, (vertikal “X” shaklda), 12-14 mm lik armaturadan tayyorlangan (ushbu qushlarga qarshi moslamalar 90-95 % natija bermoqda);

    3) “Prujina-bayroqcha” shaklidagi 6 mm lik simdan tayyorlangan moslamalar (40-50% natija bermoqda);

    4) “Moychechak” (oduvanchik) shaklidagi TK-70 markali po‘lat trosdan tayyorlangan, ushbu qushlarga qarshi moslamalar 75-80 % natija bermoqda.

 

  “O‘zbekiston MET” AJ Rossiya Federatsiyasi “YuAzIZ” korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan xarid qilingan yangi rusumdagi U120AD shisha izolyatorlarini 2021-yil birinchi yarimyilligida “Toshkent MET” va “Qashkadaryo MET” filiallarning elektr tarmoqlari tayanchlariga U120AD rusumdagi yangi shisha izolyatori, shoda izolyatorlarning tepa qismiga o‘rnatilishi — qush axlati sababli favqulotda o‘chish xolatlarini 90% cha kamaytirgan.

  Yuqorida keltirilgan qushlarga qarshi himoya (PPZ) moslamalari EUHT tayanchlarning qismlariga o‘rnatilishi qulay bo‘lib, ekspluatatsiya jarayonida qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shuningdek, ularning tayyorlanishi jihatidan soddaligi, natijadorligi, materiallari Respublikamizdagi ishlab chikaruvchi korxonalarda mavjudligi — u shbu moslamalarni ishlab chiqarib, favqulotda o‘chish holatlarini bartaraf qilishga imkon yaratadi.

  Bundan tashqari, bugungi kunda zamonaviy materiallardan yasalgan va qushlar hayotiga xavf tug‘dirmaydigan, qulay yechimlarga ega, yetakchi davlatlarning tajribalarini o‘rganilmoqda.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2021-yilda 91 marotaba favqulotda o‘chish holatlari* sodir bo‘lib, ularning 10 tasi bevosita qushlar (qo‘nishi va uya yasashi) bilan bog‘liq.

  *Eslatib o‘tamiz, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi o‘chishlarning aksariyati EUHT halqali ish faoliyatiga ega bo‘lgani tufayli iste'molchilar elektr ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

  Boshqarma tomonidan 2022-yilda favqulodda o‘chishlar oldini olish, avvalgi holatlarni chuqur tahlil qilgan holda ularning sabab va ta'sir omillarini bartaraf etish, elektr qurilma va jihozlarini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tegishli tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.


  ✍️  A.B.Sultonov, Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>