Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 15-sonli: «Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi: 2021-yil biznes-rejasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlari to‘liq amalga oshirildi»
  • 10.02.2022
  • 643

Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi tomonidan 2021-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida qisqacha ma'lumot

Boshqarma Nizomiga ko‘ra, Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlarining shtat jadvaliga o‘zgartirishlar, oylik maoshlari, xarajatlar smetasi, Jamiyatning biznes-reja loyihasi tayyorlash, Jamiyat faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini aniqlash, ta'mirlash ishlari va tannarxni pasaytirish bo‘yicha faoliyat ishlari Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

 

2021-yilda Aksiyadorlik jamiyatining biznes-rejasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan,

Tizimdagi xodimlar va ularning oila a'zolarini salomatligi bo‘yicha Jamiyatimizda ijtimoiy soha ob'ektlariga katta e'tibor beriladi. Jamiyat tarkibida 8 ta ijtimoiy, madaniy va dam olish maskanlari bo‘lib, 2 ta tibbiy sanitariya qismi, dam olish maskani, sanatoriya, sog‘lomlashtirish mazkazi, sport kompleksi va dam olish zonalari har yili o‘rtacha 4,5 ming nafar Jamiyatimiz xodimlari va ularning oila a'zolariga sifatli xizmat ko‘rsatildi.

Jamiyat tomonidan 2021-yilga ishlab chiqilgan chora-tadbirga ko‘ra, energetika tizimidagi 4 720 nafar kishi va ularning oila a'zolariga sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va bolalar lagerlari tashkil etilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun yil davomida 35,5 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yildagi 28-iyuldagi 207-sonli “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJ faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari har chorakda aniqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytiga muntazam joylashtiriladi.

Xodimlar soni 2021-yil yakuni bo‘yicha 4 810 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat sohasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek jismonan eskirgan va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan asbob-uskunalarni yangilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2692-sonli qaroriga asosan,”O‘zbekiston MET”AJ bo‘yicha, 2021-yilda 11,0 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha prognoz reja tuzilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan edi.

2021-yil yakunida "O‘zbekiston MET" AJ tomonidan sarf-xarajatlarni qisqartirish ko‘rsatkichlari prognoz rejaga nisbatan 11,1 mlrd.so‘mga yoki 100,9 foizga bajarildi.

 ✍️ Parda Xidirov, Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i (v.b.)

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>