Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 20-sonli: 2021-yilda «Nurafshon» sanatoriyasida jami 2537 nafar dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatildi»
  • 14.02.2022
  • 676

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Nurafshon” sanatoriyasida ayni paytda jami bo‘lib 105 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.

 

Jumladan:

6 nafar ma'muriyat xodimlari,
7 nafar shifokorlar;
24 nafar tibbiyot hamshiralari;
19 nafar kichik tibbiy xodimlar;
12 nafar oshxona xodimlari;
35 nafar texnik ishchi-xodimlardan iborat.
 

 «Nurafshon» sanatoriyasi 2021-yilda jami 2537 nafar dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatildi.

Jumladan:

•     energetika sohasi xodimlari — 882 nafar;
•    energetika sohasi xodimlarining oila a'zolari — 278 nafar;
•    boshqa soha xodimlari — 1659 nafar;
•   chet el fuqarolari — 18 nafar.

 Sanatoriya 114 o‘ringa ega.

E'tiboringizga “Nurafshon” sanatoriyasining 2021-yilgi faoliyatini fotoslayd taqdimoti ko‘rinishida havola etamiz.

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Nurafshon” sanatoriyasi hududini ko‘kalamzorlashtirish, yanada go‘zal va toza havoli dam olish maskaniga aylantirish maqsadida yashil maysali maydonlar kengaytirildi hamda ularni sug‘orish uchun sachratib sug‘orish moslamalari fontanchalar o‘rnatildi.
Sanatoriyaga ulangan 450 metr ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi
 Sanatoriyada oltingugurt tarkibli (serovodorod) mineral suvlar bilan vannalar qabul qilish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida ma'danli suv uchun vannalar yangi, qulay va zamonaviylariga almashtirildi.
   Adirlar bag‘rida joylashgan sihatgoh dam oluvchilarga yaxshi kayfiyat berish bilan birga, o‘ziga xos musaffo havodan nafas olish imkonini beradi. Alohida did va dizayn asosida ekilgan manzarali daraxtlar, gullar dam oluvchilarga zavq bag‘ishlaydi.
”Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 450 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
 Dam oluvchilarning davolanish usullarini ko‘paytirish, ularga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash maqsadida “Sirkulyar dush”, hamda “Kislorod” vanna xonalari tashkil etildi.
 

 Qo‘shimcha ma'lumot:

«O‘zbekiston MET« AJ tarkibidagi «Nurafshon» sanatoriyasi yurtimizning eng go‘zal va so‘lim maskanlaridan birida — «Qatron tog‘ tizimida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltiariqsoy hududida joylashgan.

 
 

 Sanatoriyada: oltingugurtli suv vannasi, barcha fizioterapiya, ultrabinafsha nur, nafas yo‘llarini dori moddalarni ingalyasiya yo‘li bilan dori yuborib davolash, shuningdek, fitobochka, sirkulyar dush, suvosti massaji kabi muolajalar mavjud.

♂️ Muolajadan tashqari dam oluvchilarga ertalabki gigienik badantarbiya va davolash badantarbiyasi, terrenkur, umumiy tartib va parhyez buyuriladi.

«Nurafshon» sanatoriyasida davolashning asosini oltingugurt tarkibli mineral suvlar bilan vannalar qabul qilish tashkil etadi. Chimyon oltingugurtli mineral suvi tarkibining har bir litrida 330 mg oltingugurt mavjud bo‘lib, u inson tanasidagi qo‘yidagi kasalliklarni davolaydi:

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari;
Harakat-tayanch organlari kasalliklari;
Asab sistemasi kasalliklari;
Teri kasalliklari;
 Ayollar jinsiy a'zolari kasalliklari;
Urologik kasalliklari.
 

Manzil: Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘i. Telefon: +99855 802-3556; 95 400-2570; telegram +99899 805-9191.  https://t.me/ChimyonNurafshonSanatoriya  

✍️ Olimjon Hasanov, «Nurafshon» sanatoriyasi bosh hakimi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>