Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 22-sonli: “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
  • 18.02.2022
  • 694

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

 

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy vazifasi, boshqa magistral elektr tarmoqlari kabi, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan qabul qilib, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga uzatish, shu bilan birga, qo‘shni davlatlarning elektr energetikasi tizimlari hamda magistral elektr tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlarini joriy hamda mavsumiy ta'mirlash, bundan tashqari, tarmoqda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarida ishtirok etishdan iborat.

Filialda o‘tgan 2021-yil davomida elektrtarmoq xo‘jaligi ob'ektlari, ya'ni 500 kV li «G‘uzor», 220 kVli «Qarshi», «Pachkamar», «ShGXK», «Muborak», «Muborak-2», «Koson», «Ko‘kdumaloq», «Talimarjon NS-7» va Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan "NS-1", "NS-2", "NS-3", "NS-4", "NS-5", "NS-6" podstansiyalari umumiy uzunligi 1756,306 km. Shundan, 110 kVli 20,11 km, 220 kVli 1254,55 km, 500 kVli 481,646 kilometrni tashkil etadi.

2021-yilda rejaga muvofiq "Qashqadaryo MET" filiali tasarrufidagi 110–500 kVli elektr uzatish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatilgan holda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Misol uchun, 500 kV li «G‘uzor» podstansiyasi 500 kV li kirish va chiqish 4 ta liniya mavjud bo‘lib, L-507, L-519, L-513, L-520 lardan iborat. L-507 havo elektr uzatish tarmog‘i "G‘uzor"-"Surxon" 500 kV, L-519 havo elektr uzatish tarmog‘i G‘uzor-Surxon 500 kV, L-513 havo elektr uzatish tarmog‘i G‘uzor-Talimarjon IES, L-520 havo elektr uzatish tarmog‘i G‘uzor-Sug‘diyona 500 kV bilan bog‘langan.

220 kVli «Qarshi» podstansiyasi 220 L-K-K havo elektr uzatish tarmog‘i Qarshi–Koson 220 kV, L-Qarshi havo elektr uzatish tarmog‘i Navoiy IES, L-33-K1, L-33-K2 havo elektr uzatish tarmog‘i Qarshi–Talimarjon IES, L-K-Sh havo elektr uzatish tarmog‘i ShGXK-220 kV, L-K-G havo elektr uzatish tarmog‘i G‘uzor 500 kV bilan bog‘langan.

220 kVli «Pachkamar» podstansiyasi G‘uzor 500kV bilan bog‘langan bo‘lib, asosan Dexqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodiga, Temir yul hamda G‘uzor tumanining yarmini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

 

 220 kVli «ShGXK» podstansiyasi G‘uzor, Qarshi, Talimarjon IES bilan bog‘langan bo‘lib, asosan Sho‘rtan GXK zavodini va yangi qurilayotgan GTL zavodini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

220 kVli «Muborak» podstansiyasi L-32-M havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Muborak IEM , L-M-KB havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Buxoro viloyati bilan bog‘langan. Asosiy vazifasi — Muborak tumani istemolchilarini va Muborak gazni qayta ishlash zavodini elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat.

220 kVli «Muborak-2» podstansiyasi L-32-M2, L-T-M2 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Muborak gazni qayta ishlash zavodini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

220 kVli «Koson» podstansiyasi L-K-K havo elektr uzatish tarmog‘i Qarshi 220 kV, L-32-K havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Muborak IEM bilan bog‘langan. Asosiy faoliyati Koson tumani istemolchilari, Temir yul va Koson yog‘ zavodini elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat.

220 kVli «Ko‘kdumaloq» podstansiyasi ishlab chiqarish zonasida joylashgan bo‘lib, L-Ko‘kdumaloq Buxoro viloyatidagi Turon-220kV va L-33-KD Talimarjon IES bilan bog‘langan. Asosiy vazifasi Lukoyl burg‘ulash konlarini elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat.

220 kVli «Amir Temur» podstansiyasi Shahrisabz tumani, Kesh massivida joylashgan bo‘lib, L- Amir Temur -1, L- Amir Temur -2 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali 500 kV li «G‘uzor» podstansiyasi bilan bog‘langan, asosiy vazifasi L-Konch-sement havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Kitob tumanidagi sement ishlab chiqarish korxonasi hamda Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarini elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat.

 

«Talimarjon NS-7» va Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan "NS-1", "NS-2", "NS-3", "NS-4", "NS-5", "NS-6" podstansiyalari L-33-6-1, L-33-6-2 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali Talimarjon IES bilan "NS-3" podstansiyasi L-Nasosnaya havo elektr uzatish tarmog‘i orqali G‘uzor 500 kV bilan bog‘langan bo‘lib, asosan Talimarjon shahri va KMK nasoslarini to‘liq ta'minlaydi.

Jumladan: 2021-yil mobaynida filial tarmoqlari orqali 6 072 658,684 ming kVt•soat elektr energiyasi “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari“AJ ga yetkazib berildi. Elektr energiyasini uzatish jarayonidagi texnologik sarf 200 524,684 ming kVt•soatni yoki 1.64 % tashkil qildi.

Sirasini aytganda, elektr qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilish oldimizdagi muhim vazifalarimizdan biridir. 2021-yil mobaynida 110–500 kVli elektr uzatish liniyalarining 224,48 kilometr qismida mukammal ta'mir ishlari bajarildi, bu tasdiqlangan rejaga asosan 100 foizni tashkil etadi. Joriy ta'mir ishlari elektr uzatish liniyalarining 129,6 kilometr qismida bajarilib, belgilangan rejaga asosan 100 foiz ko‘rsatkichiga erishildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobiga xarid qilingan zamonaviy LK-70/220 rusumidagi polimerli izolyatorlaridan 30 donasi filial tasaruffidagi 220 kV li elektr uzatish liniyalarida o‘rnatildi. Jismonan va ma'nan eskirgan PF-60 va PS-70 rusumidagi izolyatorlar almashtirildi o‘rniga 2535 dona PSD-70E rusumidagi izolyatorlar o‘rnatildi. Bu orqali liniyalarda elektr energiyasini o‘tkazishdagi mustahkamligi oshirildi.

 L-Qarshi, L-K-K, L-M-KB, L-32-M2, L-32-K havo elektr uzatish tarmog‘larida 17 dona yorilgan temir-beton ustunlar demontaj va montaj qilindi.

XL-220kV L-K-K havo liniyasining 60–61-raqamli ustunlar oralig‘idagi katta o‘lchamni (negabarit) to‘g‘irlash maqsadida SL-22 rusumli 60-a-raqamli qo‘shimcha tayanch ustun o‘rnatildi.

Shu bilan bir qatorda, 220 kVli o‘chirgichlarning 2 donasi va 1 dona transformator mukammal ta'mirlandi. Bu tasdiqlangan rejaga asosan 100 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 149 dona o‘chirgichlarda joriy ta'mir ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, mavjud havo kompressorlarining 3 donasi mukammal va 3 donasi joriy ta'mirlandi. 34 dona transformatorlarda joriy ta'mirlash ishlari tasdiqlangan rejaga ko‘ra tashkil etilib, amaliyotlar to‘liq bajarildi.

220 kVli «Qarshi» podstansiyasining ma'muriy hamda yordamchi binolarning tashqi fasad qismlarida ta'mirlash ishlari olib borildi.

“Yashil makon” umummilliy loyixasini amalga oshirish uchun "Qashqadaryo MET" filiali tarkibidagi podstansiyalariga 3106 dona manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

 

Elekr tarmoqlari korxonalarida eksplutatsiya ishlari va boshqa turdagi qurilish-ta'mirlash ishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari hamda mexanizmlarning munosib o‘rni bor. Joriy yilda filial tasaruffidagi mavjud 47 dona maxsus avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 528,0 mln. so‘mlik ishlar bajarildi, transport vositalari 64 dona avtoshina va 19 dona akkumulyator bilan jihozlandi.

 Shuni alohida ta'kidlash joizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobidan 1 dona yangi EQUINOX avtomashinasi hamda 1 dona yangi DONGFENG maxsus avtomashinasi xarid qilindi va avtopark tarkibi yangilandi.

 

 

 

Bir so‘z bilan aytganda, yuqorida qayd etilgan ishlar, o‘z-o‘zidan ma'lumki, filialda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning samarali mehnatlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Har tomonlama yetuk, bilimli mutaxassislarni tayyorlash, ularni muntazam ravishda malakalarini oshirib borish, filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Filialda yosh muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash borasida «ustoz-shogird» an'analari asosida ishlar tashkil etilgan. 2021-yil mobaynida xodimlarning bilim-saviyalarini aniqlash va ularning malakasini oshirish maqsadida 391 nafar xodimlar bilim sinovlaridan o‘tkazildi.

 Avariya va yong‘in holatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar tasdiqlangan rejalar asosida har bir podstansiya kesimida 45 marta o‘tkazilganidan ham hikmat borki, mas'uliyatli vazifalarni bajaruvchi xodimlarning bilim-tajribasi tez-tez turli mashg‘ulotlarda sinab-takrorlanib turilishi lozim.

Bundan tashqari, ob'ektlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatlarini oldini olish bo‘yicha xodimlarning tayyorgarliklarini yanada mustahkamlash maqsadida Favqulotda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarni jalb etgan holda yong‘inga qarshi 1 marta amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabr sanasidagi 3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ning 22 ta podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida, «Qashqadaryo MET» filiali tarkibidagi energotizimni tashkil qiluvchi 220 kV li «Qarshi», «Muborak», «Koson»,"Talimarjon-NS-2", "NS-3", "NS-4", "NS-6" va 500 kV li «G‘uzor» podstansiyalarida ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, «Talimarjon-NS-2» podstansiyada ma'nan va jismonan eskirgan avtotransformatorni yangi energosamarador ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, o‘tkazgich quvvati 63 MVA bo‘lgan avtotransformatorga almashtirish ishlari bajarildi.

«Muborak» podstansiyasida 10 dona avtotransformator uchun ajratgichlar yangisiga almashtirildi.

«Qarshi» podstansiyasida 9 dona avtotransformator uchun tok transformatorlari yangisiga almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-may kuni Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishining 587-sonli bayonnomasi 37-bandini — “Shahrisabz shahrini uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash” bajarish bo‘yicha hozirgi kunda Shahrisabz tumani Kesh massivida joylashgan yangi 220kV kuchlanishli "Amir Temur" podstansiyasiga o‘tkazgich quvvati 125 MVA bo‘lgan avtotransformator o‘rnatildi. 220kV li L-Amir Temur-1, L-Amir Temur-2 elektr uzatish tarmog‘i temirg‘beton ustun qurilish ishlari to‘liq tugatildi. L-Amir Temur-1 havo elektr uzatish tarmog‘i foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 23-son Bayoni ijrosi bo‘yicha umumiy quvvati 250MVA bo‘lgan 220/35/10 kV kuchlanishli GTL podstansiyasi qabul qilinmoqda.

Qashqadaryo MET filiali tomonidan “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ ning 220kV kuchlanishli "Pachkamar" podstansiyasidagi Jarquduk-1, Jarquduk-2 va 220kV kuchlanishli "Ko‘kdumaloq" podstansiyasidagi Xauzak-1, Xauzak-2 yacheykalari elektr qurilmalariga tezkor va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarib kelmoqda. 2022-yilda “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ bilan 268,5 mln so‘mlik shartnoma imzolandi.

"Qashqadaryo MET" filiali 2022-yilda ishlatilmayotgan binolarni ijaraga qo‘yish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bo‘yicha hisob-raqamga 303,3 mln so‘m pul mablag‘i tushirgan.

2021-yil davomida filialda madaniyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

“Qashqadaryo MET” filialida 14 — yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘rtasida 500 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi va g‘olib jamoaga estalik sovg‘alari topshirildi.

Filial tarkibida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning mehnati o‘zgacha qadrli. Ularga bo‘lgan hurmat va e'tibor ko‘rinishi sifatida har yili bayram tadbirlari o‘tkazilib kelinadi. 2021-yilda ham 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida ham tantanali tadbir o‘tkazildi.

 

 

 

Bundan tashkari, filial xodimlariga 21-mart — Navro‘z umumhalq bayrami munosabati bilan tantanali bayram dasturxoni tashkil qilindi.

Xodimlarning farzandlarini dam olish mavsumida jami 36 nafar bolajonlarni “Nurafshon” bolalar oromgohida dam oldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan yangi qurilgan "Qashqadaryo MET" filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, Qashqadaryo viloyati Nuroniy jamg‘armasi rahbari Yanvar Inoyatov hamda turdosh tashkilot vakillari, energetika sohasi faxriylari ishtirok etishdi. Ochilish marosimida bayram dasturxoni tuzalib, bayram tadbiri taniqli san'atkorlar ishtirokida o‘tkazildi.

 

 

 

Bundan tashkari, filialda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbatlari, shu bilan birga, «8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazildi. Yangi yil munosabati bilan barcha podstansiyalarda va bo‘limlarda bayram dasturxoni tashkil qilindi.

Ishchi-xodimlar va oila a'zolariga 8 nomdagi turli ixtisoslikka ega sanatoriyalarga sog‘ligini tiklash uchun yo‘llanma olib berildi. Xodimlarni sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam pullari ajratildi.

 2021-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar samoqli bo‘lgani qatorida, kamchiliklar ham yo‘l qo‘yilgan. Xususan, 3 marotaba podstansiya elektr qurilmalarida favqulotda o‘chish qayd etildi. Favqulotda o‘chishga sabab bo‘lgan ta'sir omillar tezkor aniqlanib, barcha nosozliklar bartaraf etildi.

 «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2022-yilda ham belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida «2022-yilda bajariladigan ishlar rejasi»ni ishlab chiqdi.

Filial xodimlarining harakatlari zamirida jamoada sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, elektr energetika tarmog‘ining ilg‘or jamoasi sifatida shakllanish hamda Prezidentimizning 2017-yil 16-sentyabr sanasida tasdiqlagan PQ-3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini o‘z vaqtida ta'minlashga erishish kabi ustivor vazifalarga qaratilgan.

✍️ Sherzod Xoliyorov, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>