Yangiliklar
2021-yil SARHISOBI. 23-sonli: “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialining 2021-yil yakunlari hamda 2022-yil uchun rejalari to‘g‘risida ma'lumotnoma
  • 25.02.2022
  • 663

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari“ AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida 246 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritib kelmoqdalar.

“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq “Toshkent shahar MET” filialining asosiy vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlab sotish o‘rtasida yetkazib berish (transportirovka) vazifasini bajarishdan iborat. “Toshkent shahar MET” filiali Toshkent shahri aholisini muntazam, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

“Toshkent shahar MET” filiali balansida umumiy quvvati 3031,8 MVA bo‘lgan 220 kVli 7 ta podstansiyalar mavjud.
 

2021-yil davomida “Toshkent shahar MET” filiali jamoasi tomonidan quyidagi hajmda ishlar amalga oshirildi:

1. Elektr energiyasini transportirovka qilish:

 “Toshkent shahar MET” filiali tarmoqlarida elektr energiyasini qabul qilish 5 809 464,243 ming kVt•soatni, transportirovka qilingan elektr energiya 59825,668 ming kVt•soatni, HETK va iste'molchilariga uzatilgan elektr energiya 5 695 387,617 ming kVt•soatni hamda texnologik sarf esa 54 250,958 ming kVt•soat (0,93%)ni tashkil etdi.

 Filial tasarrufidagi podstansiyalar xo‘jalik iste'moli uchun 289,1 ming kVt•soat elektr energiyasi reja qilingan va amalda 76,527 ming kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilingan. 2021-yil davomida 212,573 ming kVt•soat elektr energiyasi tejab qolingan.

 Filial podstansiyalarida o‘z ehtiyoji iste'moli uchun 4756,347 ming kVt•soat elektr energiyasi reja qilingan va amalda 2466,172 ming kVt•soat energiya iste'mol qilingan. 2021-yil davomida 2290,175 ming kVt•soat elektr energiyasi tejab qolindi.

 2021-yilda podstansiyalardagi bir nechta eskirgan elektr hisoblagichlar ko‘p funksiyali va ishonchli bo‘lgan zamonaviy ENERGOMERA Se 308 rusumli hisoblagichlarga almashtirildi.

 

2. Ta'mirlash ishlari bo‘yicha:

Elektr qurilmalarini ta'mirlash:

 Yil davomida 4 birlikdagi 10/110/220 kVli transformatorlarni to‘liq ta'mir qilinishi rejalashtirilgan, amalda 4 ta transformatorlar ta'mirlangan (belgilangan rejaga nisbatan 100 % ko‘rsatgichida) va “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar bo‘limi nazoratidan o‘tkazildi.

Yil davomida 7 birlikdagi 110/220 kVli kuch o‘chirgichlarini to‘liq ta'mir qilinishi rejalashtirilgan, amalda 8 ta o‘chirgichlar ta'mirlangan (belgilangan rejaga nisbatan 114 % ko‘rsatgichida) va “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar bo‘limi nazoratidan o‘tkazilgan.

 

Yil davomida 22 birlikdagi 10/110/220 kVli transformatorlarni joriy ta'mir qilinishi rejalashtirilgan, amalda 30 ta transformatorlar ta'mirlangan(belgilangan rejaga nisbatan 136 % ko‘rsatgichida).

Yil davomida 165 birlikdagi 6/10/35/110/220 kVli kuch o‘chirgichlarini joriy ta'mir qilinishi rejalashtirilgan, amalda 269 ta o‘chirgichlar ta'mirlangan (belgilangan rejaga nisbatan 163 % ko‘rsatgichida).

 

Bino va inshootlarni ta'mirlash ishlari bo‘yicha 220/110/10 kVli “Traktorsoz” podstansiyasi binosining tom qismi eski qoplamalari demontaj qilinib to‘liq, zamonaviy profnastil qoplamalariga almashtirildi.

Avtotransport vositalarini ta'mirlash ishlari bo‘yicha:

 Ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj va ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirishda Filial balansida bo‘lgan avtotransport vositalari va mexanizmlarining xizmati ham alohida o‘rin tutadi. Yil davomida filial tasarrufidagi 18 dona maxsus avtotransport va mexanizmlar ta'mirlanib, jami 133 772 745,0 so‘mlik ishlar bajarildi.

 

 

3. Modernizatsiya va rekonstruksiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabr sanasidagi 3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 22 dona podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida, «Toshkent shahar MET» filiali tarkibidagi energotizimni tashkil qiluvchi 220 kVli «Qo‘yliq», «Yuksak», «Ozodlik» podstansiyalarida ham ma'nan, ham jismonan eskirgan elektr qurilmalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi.

 “Yuksak” podstansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi uchun Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan quvvati 200 MVA bo‘lgan T-6 avtotransformator “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 12-iyuldagi DI-44-sonli bayonnomadagi topshirig‘iga binoan “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ tomonidan fundamentga o‘rnatilib, montaj qilindi.

“Qo‘yliq” va “Ozodlik” podstansiyalariga modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi uchun Xitoy Xalq Respublikasidan konteynerlarda keltirilgan 110-220 kV uch qutbli ajratgichlar qabul qilib olindi.

“Ozodlik” podstansiyasida 10 kVli komplekt taqsimlovchi qurilma KRUN-10 kV o‘rnatildi.

 

 

4. Favqulodda vaziyatlar va xodimlar bilan ishlash:

 2021-yilda korxona ob'ektlarida baxtsiz hodisalar yoki 1-darajali nosozliklar kuzatilmadi.

 Joriy yilda Filial tasarrufidagi “Keles” podstansiyasida mavjud bo‘lgan, texnik o‘qitish xonasida muntazam ravishda xodimlarni nazariy bilimini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkillashtirildi.

  Filialning barcha ob'ektlarida avariyali holatlarni oldini olish va tezkor bartaraf etish ko‘nikmalarini xodimlarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan avariyaga qarshi 4 marta va yong‘inga qarshi 2 marta amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

 

 Bundan tashqari o‘tgan yil mobaynida xodimlarning bilim-saviyalarini aniqlash va ularni malakasini oshirish maqsadida 190 nafar xodimlar tasdiqlangan reja asosida bilim sinovidan o‘tkazildi.

  "Qo‘yliq" podstansiyasida quvvati 200 MVA bo‘lgan OSFPSZ – 200000/220 rusumidagi transformator ishga tushirildi.

 2021-yilda “Traktorsoz” podstansiyasida quvvati 125 MVA bo‘lgan ATDSTN – 125000/220/110/10 rusumidagi transformator ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shahar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyiha ijrosini ta'minlash bo‘yicha “Toshkent shahar MET” filiali tasarrufidagi podstansiyalar hududidagi bo‘sh yer maydonlariga manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

 
 

 Filialda bayram tadbirlarini munosib o‘tkazishga, xodimlarning ruhiyatini ko‘tarish ularda ishchanlik, serg‘ayratlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham alohida etibor beriladi. Bunga dalil sifatida filialimizda yil davomida o‘tkazilgan bayram tadbirlaridan quyida lavhalar keltiramiz:

 

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramidan lavhalar

 

Xodimlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlaridan lavhalar

 

Koronavirus kasalligining ziyonini kamaytirishga hissa qo‘shish maqsadida “Vaksina – najot” tadbiri tashkillashtirildi va xodimlar ixtiyoriy ravishda kasallikka qarshi emlandilar.

 

2021-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar salmoqli bo‘lgani bilan, ba'zi kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Xususan, elektr energiyasini uzatish jarayonida, podstansiya elektr qurilmalarida 7 marotaba favqulotda o‘chishlar qayd etildi. Barcha favqulotda o‘chishlar “ikkinchi darajali to‘xtalish” sifatida belgilandi. Favqulotda o‘chishning sabab va omillari tezkor aniqlandi va bartaraf etildi. Buday nosozliklar takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.   

 

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2021-yilda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida, «2021-yilda bajariladigan tadbirlar va ishlar rejasi» ishlab chiqilib va shu reja asosida ishlar tashkil qilib borildi.

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi tomonidan 2022-yilda amalga oshiriladigan ishlar quyidagicha:

 - “Toshkent shahar MET” filiali xodimlarining ishlab chiqarish intizomi, xavfsizlik texnikasi va texnik foydalanish qoidalariga rioya etishini ta'minlash;
  - tasdiqlangan jadvallarga muvofiq elektr qurilmalarida to‘liq (4 ta transformator va 8 ta o‘chirgich) hamda joriy (26 ta transformator va 317 ta o‘chirgich )ta'mirlash ishlarini bajarish;
 - tarmoqlardagi elektr energiyasi texnologik sarfining standart hajmlarini ta'minlash bo‘yicha texnik me'yorlarni, XE va O‘E uchun elektr energiyasini iste'mol qilishning tashkiliy-texnik tadbirlarini bajarish;
  - favqulodda vaziyatlarda harakatchanlik va tezkorlikni ta'minlash uchun transport vositalarini yaxshi holatda saqlash;
 - 1-darajali baxtsiz hodisalar va nosozliklarning oldini olish va 2-darajali nosozliklarni kamaytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
- To‘liq qurilish rejasini o‘z vaqtida bajarish;
 - Pudratchilarni zarur materiallar va mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta'minlash;
 - Tugallanmagan ishlar hajmini kamaytirish;
- To‘liq ta'mirlash ishlarini bajarish;
 - “Toshkent shahar MET filiali energiya tejash dasturi”ning bajarilishini ta'minlash;
  - Energiya auditi (energetika auditi) bo‘yicha tavsiyalarning bajarilishini ta'minlash;
 - Modernizatsiya loyihasi bo‘yicha uskunalarni o‘rnatish.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2021-yil davomida "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan erishilgan barcha ijobiy natijalar, tashabbuslar-u, sa'y-harakatlarining zamirida — filial podstansiyalaridan quvvat oluvchi barcha iste'molchilarga ishonchli, sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish, elektr energiyasi tarmog‘ining barqaror ishlashini ta'minlash, o‘z sohasini rivojlanishi uchun hissa qo‘shish, sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, xalqimizning farovon hayoti va yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishdek oliy maqsadlar mujassam.

 

 Filialimiz 2022-yilda ham ayni shu ruhda barcha belgilangan ishlarni davom ettirishga hamda yurt farovonligi, insonlarni hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun ishonchli, sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berishga tayyor va bundan hyech qachon charchamaydi.

 ✍️ Anvar Rasulov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>