Yangiliklar
SUG‘ORISH MAVSUMI: Tojikistondan elektr energiyasi import amaliyoti boshlandi
  • 06.04.2022
  • 308

Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

2022-yilning 1-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ va “Barki Tochik” OAXK o‘rtasida
shartnoma imzolandi.

Unga ko‘ra, joriy yilning aprel-sentyabr oylarida Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import  qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur shartnoma  shartlariga muvofiq, mamlakatimizga Tojikistondan elektr energiyasi import amaliyoti amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash muhim masalalardan biri. Shu sababli, 2018-yildan boshlab mamlakatimiz sug‘orish mavsumida elektr energiyasi import qilinmoqda.

O‘z navbatida, bu  amaliyot tabiiy gaz va yoqilg‘i mahsulotlarini tejash hamda issiqlik elektr stansiyalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA

https://uza.uz/oz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>