Yangiliklar
Energetika vazirligi jamoasi sport bayramida ishtirok etdi
  • 11.04.2022
  • 554

Joriy yilning 9-aprel kuni Sportni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Parkent tumanida 21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab milliy va xalq o‘yinlari bo‘yicha sport festivali o‘tkazildi.

 

Unda qator vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Festival doirasida milliy kurash, uloq-ko‘pkari, ot ustida kurash, olamon poyga, chillak, mindi, qarabtep, varrak uchirish, beshtosh kabi xalq o‘yinlari, shuningdek milliy sport turlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 
 

Festival so‘ngida har bir yo‘nalish va sport turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbirda Energetika vazirligi jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

 
 

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/1904

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>