OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: « O‘zbekiston Xalqaro valyuta jamg‘armasidan $500 million dollardan ortiq mablag‘ oladi»
  • 25.04.2022
  • 275

Mablag‘lar O‘zbekistonda qishloq tadbirkorligi, shamol elektr stansiyalari va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

2022-yil 19-23-aprel kunlari O‘zbekiston delegatsiyasiyaning Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki Guruhining "Bahorgi yig‘ilishlari"dagi ishtiroki bo‘lib o‘tadi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va qator xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik bitmlari imzolandi. Jumladan,

► O‘zbekiston va OPEK xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida 100 mln dollar;

►  O‘zbekiston va Fransiya rivojlanish agentligi o‘rtasida 150 mln yevro;

►  Jahon banki bilan “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 50 mln dollar;

►  Jahon banki bilan "Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish (Faza-2)" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 200 mln dollar miqdoridagi imtiyozli mablag‘larni ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolandi.

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi bilan respublikada shamol stansiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Bundan tashqari, mazkur yig‘ilishlar doirasida 20 dan ortiq Xalqaro moliyaviy tashkilotlar, investitsion banklar va reyting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Manba: https://uznews.uz/uz/posts/55155

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>