Yangiliklar
Energetika vazirligi: Energetika sohasi ko‘rgazmalari qo‘llab-quvvatlandi
  • 05.05.2022
  • 375

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 18-20-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2022”, va “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022” xalqaro ko‘rgazma tadbirlarini rasmiy qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu ko‘rgazmalar joriy yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Xalqaro energetika forumini ham o‘z ichiga olgan “Energetika tadbirlari bloki”ning ajralmas qismiga aylanadi.

Ushbu tadbirlar “Iteca Exhibitions” ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda va pandemiya sababli ikki yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marta o‘tkazilmoqda.

An'anaga ko‘ra, energetika ko‘rgazmasi tadbirlari ilg‘or texnologiya va uskunalar bilan tanishish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, sohada mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan.

Germaniya, Turkiya va Rossiyaning qator viloyatlari kompaniyalari o‘z milliy pavilonlarini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunga qadar 15 ta mamlakatdan 153 ta kompaniya may oyidagi ko‘rgazmalarda ishtirok etishini tasdiqladi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun “Iteca Exhibitions” matbuot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel. 71 205 18 18, pr@iteca.uz, www.oilgas.uz, www.power-uzbekistan.uz

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati


Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/1936

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>