Yangiliklar
Markaziy Osiyo energetiklari Cho‘pon-Ota shahrida: 2021–2022-yil kuz-qish mavsumi sarhisobi, 2022-yil sug‘orish mavsumidagi ish tartibi, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari
  • 25.05.2022
  • 517

Yodingizda bo‘lsa, 2021-yilning 26–27-oktabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 38-yig‘ilishi va Markaziy Osiyo Birlashgan (yagona) energetika tizimi (MO BET — OES SA) Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 36-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

 Unda energiya resurslari tanqisligi va uning oshib borayotgan tannarxi, hamkorlikdagi faoliyat, mintaqada suv tanqisligi muammosi va boshqa masalalar muhokama etilgandi.

 

Markaziy Osiyo energetiklarining bu safargi uchrashuvi — Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 39-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi (MO BET — OES SA) Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 37-yig‘ilishi ham Qirg‘izistonda, Cho‘pon-Ota shahrida bo‘lib o‘tdi.

 

 2022-yil 24–25-may kunlari Cho‘pon-Ota shahrida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda Qozog‘istonning “KEGOC” aksiyadorlik jamiyati, Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi, Qirg‘izistonning “Qirg‘iziston MET” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekistonning “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

 Bundan tashqari, Kengash ishida Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi, Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi, “Elektr stansiyalari” AJ hamda Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” AJdan vakillar ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.T.Mirzayev, Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.M.Mahmudov hamda Milliy dispetcherlik markazi rahbari M.K.Boboyevlar ishtirok etib, Yig‘ilishning kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

 

Ma'lumot o‘rnida: Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 39-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi (MO BET — OES SA) Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 37-yig‘ilishida «Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori X.A.Shamsiyev ham ishtirok etdi.

https://www.tazabek.kg/

✍️   «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>