Qiziqarli xabarlar
«Shin Xanul» Janubiy Koreya AESning birinchi energiya bloki tarmoqqa ulandi
  • 14.06.2022
  • 385

9-iyun kuni Janubiy Koreyada «Shin Xanul» atom elektr stansiyasining APR-1400 reaktoriga ega birinchi energiya bloki elektr tarmog‘iga ulandi. Joriy yilning oxirida uni tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirilish rejalashtirilgan.

Dastlabki ikkita blok, «Shin Xanul» AES hududiga, 2012-yilning may oyida joylashtirilgan edi. Birinchi blok uchun birinchi poydevor ikki oydan keyin quyiladi. Dastlab reaktorlar mos ravishda 2017-yil aprel va 2018-yil aprel oylarida ishga tushishi kutilgan edi.

«Korea Hydro & Nuclear Power» (KHNP) «Shin Xanul» AESning 1-bo‘limi tarmoqqa ulanganidan keyingi sinov davrida taxminan 700 000 kVt•s elektr energiya ishlab chiqarishi kutilmoqda.

#atomenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1506

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>