Yangiliklar
Xalqaro tender natijalariga ko‘ra 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma bitimi imzolandi
  • 30.06.2022
  • 522

Bugun, 2022-yil 30-iyun kuni Sirdaryo issiqlik stansiyalari va yangi qurilayotgan raqamli “Zafarobod” podstansiyasi oralig‘ida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun shartnoma bitimi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qaroriga asosan “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “2x144 km uzunlikdagi “Sirdaryo” IESdan “Zafarobod” podstansiyasigacha 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasini tayyor holda topshirish sharti asosida Bosh pudratchini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan halqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra, g‘olib kompaniya “Sinohydro Corporation Limited” hamda  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida mazkur loyihani tayyor holda topshirish sharti asosida shartnoma bitimi  imzolandi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur loyiha orqali Jizzax va Sirdaryo viloyatlari aholisini uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlashga hamda yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalarini tashqi elektr energiya ta'minoti barqarorligini oshirishga erishiladi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

 

https://minenergy.uz/uz/news/view/2036

https://uza.uz/uz/posts/220-kv-kuchlanishli-elektr-uzatish-tarmogini-qurish-boyicha-shartnoma-imzolandi_387207

https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-birinchi-raqamli-podstansiya-uchun-220-kv-kuchlanishli-elektr-uzatish-tarmog

https://dunyo.info/cyrl/site/inner/hitoy__kompaniyasi_sirdario_iesdan_zafarobod_podstantsiyasigacha_bolgan_elektr_uzatish_tarmogini_quradi-yR5

https://uza.uz/posts/387313

https://ift.tt/wHgnxQR

https://bit.ly/3unOhQV

https://minenergy.uz/uz/news/view/2039

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>