Yoshlar siyosati
Filial jamoasi podstansiya qo‘riqchilarini sport musobaqasida erishgan yutug‘i bilan qutlashdi
  • 05.07.2022
  • 342

Avval xabar berganimizdek, 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida mehnat faoliyati yuritayotgan qo‘riqchi-o‘qchilar sportning Street Workout yo‘nalishida birinchi o‘rinni egallashgan edi.

Bugun «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori K.Yo‘ldoshev va filial ma'muriyati a'zolari 500 kV li “Lochin” podstansiyasiga tashrif buyurib, podstansiya o‘qchilari E.Mamirjonov hamda S.Matyoqubovlarni sport musobaqasida erishgan yutug‘i bilan filial jamoasi nomidan tabriklashdi.

⚡️500 kV li podstansiya qo‘riqchilarining sport musobaqasida ko‘rsatgan natijalari energetika sohasida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan ishtiyoqini birmuncha oshirgani, filialda podstansiyalararo sport musobaqalar tashkil etishga kelishib olingani alohida e'tirof etildi.

✍️ «Andijon MET» filiali Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti, Yoshlar Ittifoqi a'zolari

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>