Yangiliklar
G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun tender shartlaridan 8 ta xalqaro kompaniya va konsorsium o‘tdi
  • 06.07.2022
  • 383

O‘zbekistonda yangi energiya quvvatlarini barpo etish, xususan bu borada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr stansiyalarining qurilishi jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

2020-yilda qabul qilingan “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta'minlash konsepsiyasi”ga asosan yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini 30 GVtga oshirish va bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25%ga yetkazish belgilangan.

Konsepsiyada belgilangan maqsadlarga erishish uchun qilinayotgan ishlardan biri – Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va 63 MVt/125 MVt.s (2 soat davomida soatiga 63 MVt quvvat beradigan) energiya saqlash batareya stansiyasini bunyod etish.

Stansiya qurilishini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy investor tomonidan amalga oshirishilishi uchun, Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magida investor tanlovi boshlangan. Tanlovning birinchi bosqichida investorlar tajriba va pul resurslari mavjudligi shartlaridan o‘tishi kerak.

Tanlovning birinchi bosqichiga kelib tushgan 12 ta arizadan 8 tasi Tender komissiyasi tomonidan minimal shartlarga javob berdi, deb topildi.

Ma'lumot uchun: Tender kommissiyasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbarlari va xodimlaridan tashkil topgan.

Quyidagi kompaniyalar va kompaniyalar konsorsiumlari tanlovning keyingi bosqichiga o‘tdi (alifbo tartibida):

1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (Birlashgan Arab Amirliklari)

2. ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)

3. China Huadian Engineering Co. Ltd. (Xitoy) va Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy) kompaniyalari korsorsiumi

4. Concord New Energy Group Limited (Xitoy)

5. GD Power Development Co. Ltd. (Xitoy) va PowerChina International Group Limited (Xitoy) kompaniyalari korsorsiumi

6. Jinko Power (HK) Company Limited (Xitoy)

7. ReNew Solar Power Private Limited (Hindiston) va Ajlan & Bros Energy Company (Saudiya Arabistoni) kompaniyalari korsorsiumi

8. VPE Fund I LP (Birlashgan Arab Amirliklari), Helios Mech Pte. Ltd. (Singapur) va LLC Solar System (Rossiya).

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2040

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>