Yangiliklar
AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! E'tiborli bo‘ling!
  • 07.07.2022
  • 291

❗️ Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

❗️ E'tiborli bo‘ling!

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son"Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroridan:

2-bob, 15-band:  Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:

a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;

b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday ob'ektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish;

v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;

g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;

d) axlatxonalarni joylashtirish;

e) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.

 


3-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish

13. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.

14. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:

a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:

⚡️ 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;

⚡️ 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;

⚡️220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;

⚡️ 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>