Yangiliklar
Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
  • 14.07.2022
  • 291

⚡️ Ayni daqiqalarda Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Jo‘raev, Xalqaro aloqalar va shartnomalar bo‘limi boshlig‘i B.Karimov, shuningdek, «Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori X.Shamsiev ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishning MDH davlatlari Energetika kengashining prezidenti, Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri N.G.Shulginov ochib berdi.

Kengashning 60-yig‘ilishida MDH davlatlari elektr enegetika tarmoqlari hamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumtizimga ta'siri, kamuglerodli elektr energetika yo‘nalishining rivojlanishi hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish masalalari bo‘yicha ma'ruzalar tinglanishi kutilmoqda.

MDH davlatlari energetiklari «KEGOC» AJ Milliy dispetcherlik markazi hamda Qozog‘iston milliy muzeyiga tashrif buyurishadi

⚡️ Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda va unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Joriy ilning 14–15-iyul kunlari davom etadigan MDH davlatlari Energetika kengashining navbatdagi yig‘ilishida 5 ta mavzuni qamrab olgan ma'ruza va ularning tahlili, Muvofiqlashtiruvchi kengash ishining 6 ta masalasi, shu bilan birga, moliya-xo‘jalik hamda 61-yig‘ilishning sanasi va joyi masalalari muhokamasi, «MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik» unvoni bilan taqdirlash marosimi, shuningdek, «KEGOC» AJ (Qozog‘iston) Milliy dispetcherlik markazi hamda Qozog‘iston milliy muzeyiga tashrif tadbirlari o‘rin olgan.

⇒ ko'proq fotosuratlar

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

https://www.ruscable.ru/ - Состоялось 60-е заседание Электроэнергетического Совета СНГ...

http://energo-cis.ru/ - 60-е заседание Электроэнергетического Совета СНГ

https://gurk.kz/ - В Нур-Султане состоялось 60-е заседание Электроэнергетического Совета Содружества Независимых Государств

https://www.kt.kz/ - Участники Электроэнергетического совета СНГ обсудили вопросы сотрудничества в области возобновляемой энергетики

https://www.inform.kz/ - Казахстан принял председательство в СНГ

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>