Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor»
  • 14.07.2022
  • 283

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida samimiy kutib olishdan so‘ng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Serdar Berdimuhamedov majmua me'moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>