Yangiliklar
220/110/10/6 kVli "Povulg‘on" podstansiyasida Kasb mahorati ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • 21.07.2022
  • 358

"O‘zbekiston MET" AJning 2022-yil 24-iyundagi 150-sonli buyrug‘i hamda "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialining KSh-98- sonli buyrug‘iga asosan Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari doirasida 220/110/10/6 kV kuchlanishli "Povulg‘on" podstansiyasida Kasb mahorati ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tadbirda xavfsizlik texnikasi qoidalari va yo‘riqnoma orqali o‘zlashtirilgan bilimlari sinovi, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, himoya vositalari yaroqliligini tekshirish va ulardan ish jarayonida to‘g‘ri foydalanish, topshiriqnomaga asosan ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish bo‘yicha sinov mashqlari o‘tkazildi.

✍️ "Farg‘ona MET" filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

>