Yangiliklar
Energetika vazirligi: Afg‘onistonning 2021-yil uchun yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas. 2022 yilda ham to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda
  • 02.08.2022
  • 232

2021-yilda Afg‘onistonga 2 151,3 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan. Ya’ni, 2021-yil uchun Afg‘onistonning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas.

“O‘zbekiston milliy elektr tamoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Afg‘onistonga joriy yilda 2 210,0 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berish belgilangan bo‘lib, yanvar-iyun oylarida Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda 770,2 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Bugungi kunda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Yozgi mavsumda Afg‘oniston Tojikiston energetika tizimiga ulanishi sababli joriy yil 14 apreldan O‘zbekistondan elektr energiyasini qabul qilish to‘xtagan.

Ma’lumot uchun: 2002-yildan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib borilmoqda. Daslabki yillarda 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib berilgan.

2009-yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so‘ng, Afg‘onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi yetkazilib berilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/2084

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>