Yangiliklar
Prezident raisligida davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish masalalari muhokama etildi
  • 04.08.2022
  • 273

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun g‘oyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yechimiga qaratilgan.

Gap 35 million aholimizning hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida borayapti”, dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Ta'kidlanganidek, bu sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. So‘nggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

>