Qiziqarli xabarlar
Energetika vazirligi: Quyosh suv isitish qurilmalarining 5 ta eng muhim afzalliklari
  • 08.08.2022
  • 533

Hurmatli isteʼmolchilar! Xonadoningizga quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish hisobiga quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlasiz.

1. Xonadoningizga quyosh suv isitish qurilmalarini xarid qilmoqchi boʻlsangiz, u holda, xarajatingizning bir qismi kompensatsiya qilib beriladi;

2. Yoki, quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatgacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash orqali oʻrnatishingiz mumkin;

3. Ushbu qurilmani oʻrnatish hisobiga xonadoningizni tekin va uzluksiz issiq suv bilan taʼminlash imkoniga ega boʻlasiz;

4. Quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish evaziga siz elektr va issiq suv toʻlovlarida 70 foizgacha mablagʻ tejaysiz;

5. Ushbu qurilmalarni oʻrnatish hisobiga xonadoningizni qish mavsumida isitish imkoniyatiga ham ega boʻlasiz.

Maʼlumot uchun: Har bir oʻrnatilgan suv isitish qurilmasi uchun 2 million soʻmgacha kompensatsiya toʻlab berish amaliyoti joriy etiladi. Shuningdek, uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ham yaratiladi.

Masalan, bir oila suv isitish uchun bir oyda oʻrtacha 195 ming soʻm xarajat qilsa, ushbu oila 6 million soʻm evaziga 200 litrli quyosh qurilmasi oʻrnatsa, davlatdan 2 million soʻm kompensatsiya oladi.

Bunda, har oy ketgan harajat iqtisod boʻlishi hisobiga, suv isitish qurilmasi 21 oyda pulini oqlaydi va qurilma yonga qoladi. Agar oila kompensatsiyani emas, boʻlib-boʻlib toʻlashni tanlasa, oylik toʻlov 170 ming soʻm boʻladi. Yaʼni, hozirgi toʻlovidan ham kam boʻladi va uch yildan keyin issiq suv uchun umuman xarajat qilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://t.me/minenergy_uz/5650

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>