Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi
  • 09.08.2022
  • 560

Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandiQonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

▪️ Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

Manba: t.me/argos_uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>