Yangiliklar
"O‘zbekiston MET" AJ yoshlari “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida faol ishtirok etishdi
  • 22.08.2022
  • 376

✨ Avval xabar berilganidek, Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi hamda Farg‘ona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari” shiori ostidagi “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati yoshlari faol ishtirok etishdi.

⚡️ Forum ishtirokchilari dastlab  Marg‘ilon shahrida joylashgan "Hunarmandlar" markazi bo‘ldi. Bu yerda o‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari, xususan adras va atlas matolaridan tikilgan milliy liboslar, chilangarlik buyumlariga oid ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Keyingi manzil XVIII asr o‘rtalarida qurilgan Pir Siddiq, xalq tili bilan aytganda “Kaptarli mozor qabristoni” bo‘ldi. So‘ng forum ishtirokchilari "Farg‘ona IEM" AJ hududida o‘tkazilgan “Osh chempionati”da ishtirok etishdi.

⚡️ “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida o‘zbekistonlik energetika sohasi yoshlaridan tashqari Rossiya, Qog‘og‘iston, Tojikiston, Turkiya va Yaponiya mamlakatlaridan tashrif buyurgan yoshlar ham ishtirok etishdi.  Jami 500 nafar energetik yoshlarni bir manzilga jamlagan tadbir davomida Vatanni, yoshlikni va hayotni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi.

✍️ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

E'tiboringizga O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan xalqaro forum doirasida o‘tkazilgan tadbir faoliyati yoritilgan materiallar havolasini taqdim etamiz:

✔️ Energetika vazirligi: Farg‘ona issiqlik elektr markazi xalqaro yoshlar forumiga  mezbonlik qilmoqda

✔️ ФАРҒОНА ХАЛҚАРО ЁШЛАР ФОРУМИ ИШТИРОКЧИЛАРИ УЧУН ЎЗ ЭШИКЛАРИНИ ОЧДИ

✔️ ФЕРГАНА ОТКРЫЛА СВОИ ВОРОТА ДЛЯ УЧАСТНИКОВ МЕЖДУНАРОДНОГО МОЛОДЕЖНОГО  ФОРУМА  

✔️ “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari” shiori ostidagi “Birlashsak, katta kuchmiz” xalqaro yoshlar forumidan lavha

✔️ Energetika vazirligi: “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumining ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi

✔️ Forumning ikkinchi kunida yosh energetiklar o‘rtasida sport va zakovat musobaqalari  bo‘lib o‘tdi

✔️ Yosh energetiklar forumi: “Energetiklar marafoni” va sportning sakkizta turi bo‘yicha bellashuvlar  o‘tkazildi

✔️ Yosh energetiklar forumi: ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi. “INNO-TPP” ilmiy-texnik klubiga asos solindi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>