Yangiliklar
“Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati
  • 23.08.2022
  • 249

“Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–789-son, 15.08.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga muvofiq, “Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

▫️“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni;

▫️“Imom Buxoriy” ordeni.

✅ “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ'ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:

• xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

• xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

• xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;

• mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

✅ “Imom Buxoriy” ordeni bilan esa buyuk allomalarimizning ilmiy va diniy merosini tadqiq etish hamda targ'ib qilish, islom dinining umuminsoniy qadriyatlari va asl mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlarga yetkazishdagi xizmatlari uchun:

• ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohasi xodimlari;

• davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari;

• diniy ulamolar;

• olimlar va tadqiqotchilar mukofotlanadi.

“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 70 baravari (21 mln so‘m), “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa BHMning 50 baravari (15 mln so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Manba: Adliya vazirligi https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/4229

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>