Yangiliklar
Online: Xorijiy kompaniya vakillari innovatsion ish tamoyiliga ega elektr qurilmalarining taqdimotini o‘tkazmoqda
  • 22.09.2022
  • 278

Ayni paytda (22-sentabr kuni) «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida Hitachi Energy kompaniyasi vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi hamda innovatsion ish tamoyiliga ega zamonaviy  elektr qurilma va jihozlarining taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi, magistral elektr tarmoqlari filiallaridan mutaxassislar hamda xorijiy kompaniya vakillari ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, muhokamalar uchrashuvi kun tartibidan “Hitachi Energy” kompaniyasining “O‘zbekiston MET” AJ bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish, “Hitachi Energy” kompaniyasining taqdimoti  hamda qishloq xo‘jaligi rivojlangan olis hududlarda mikropodstansiyalar qurish masalalarini muhokama etish o‘rin olgan.

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>