Qiziqarli xabarlar
100% vodorodda ishlovchi poezd ishga tushirildi
  • 07.09.2022
  • 242

Fransiyaning Alstom kompaniyasi dunyodagi birinchi Coradia iLint vodorod poezdini ishga tushirdi. Uning birinchi safari Germaniyada tashkil etildi.

Endi yil oxirigacha Quyi Saksoniyada vodorodda ishlovchi 14 ta yo‘lovchi poezdi yo‘lga qo‘yiladi.

Poezd harakat jarayonida atrofga faqat bug‘ va suv kondensatini chiqaradi. Bir kg vodorod yoqilg‘isi 4,5 kg dizel yoqilg‘isi kabi samaralidir. Poezd soatiga 140 km/soatdan oshmaydigan tezlikda harakatlanadi. Ushbu tezlik yo‘nalish masofasi uchun yetarli hisoblanadi va uning quvvat zaxirasi 1000 km masofaga yetadi.

Ekologik toza poezdlar hozirda Bremerverdeda (Quyi Saksoniya) harakatlanmoqda, keyingi manzil esa Frankfurt bo‘lishi kutilmoqda. Mintaqa uchun 27 ta poezd allaqachon buyurtma qilingan.

#vodorod

Manba: https://t.me/clearenergy/1617

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>