Yangiliklar
"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yakunlanayotgani to‘g‘risida hisobot
  • 30.09.2022
  • 264

«O‘zbekiston MET» AJ ning 2022-yil 25-avgustdagi Magistral elektr tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlarini 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash to‘g‘risidagi 200-sonli buyrug‘i hamda «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining mazkur buyruq ijrosini ta'minlash qaratilgan chora-tadbirlar rejasida belgilab berilgan barcha ishlar yakunlanmoqda.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavsumga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazildi va bajarilgan ishlar ko‘lami «O‘zenergoinspeksiya» tashkiloti hududiy bo‘limlari tomonidan qayd etilib, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>