Yangiliklar
“Energo-IT” filiali: Ichki turizm yo‘nalishida sayohat va ziyorat tadbiri tashkil etildi
  • 17.10.2022
  • 551

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq “Energo-IT” filiali jamoasi joriy yilning 15-oktabr kuni Quyosh instituti, Hazrati Ali Buva Ziyoratgohi hamda So‘qoq o‘rmoniga sayohat uyushtirdi.

 

 

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostidagi sayohat va ziyorat tadbiriga Filialning mehnat faxriylari ham taklif etildi. “Energo-IT” filiali 46 nafar xodimlarining ichki turizm yo‘nalishidagi tadbiri Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

 

✍️  “Energo-IT” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>