Yangiliklar
II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida 2 yirik investitsiya loyihalari yuzasidan qiymati 80 mln. dollar bo‘lgan shartnomalar imzolandi
  • 04.11.2022
  • 431

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan 2 ta yirik strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini “tayyor holda topshirish” sharti asosida xalqaro tender savdolari yakunlariga ko‘ra umumiy qiymati 80,0 mln dollar bo‘lgan 2 ta shartnoma imzolandi.

Jumladan, 500 kVli “Muruntov” podstansiyasi qurilishi bo‘yicha “TBEA Co., Ltd.” (Xitoy) kompaniyasi g‘olib deb topilgan bo‘lib qiymati 37,12 mln dollar hamda “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”dan “Besopan” o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i qurilishi bo‘yicha “NEPC II”-“NEPDI”-“SDEE” (Xitoy) kompaniyalar konsorsiumi g‘olib deb topilgan bo‘lib, qiymati 42,8 mln. dollar bo‘lgan shartnomalar imzolandi.

Loyihalarning asosiy maqsadi – “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJning yangi tashkil etilayotgan kon-metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarini tashqi elektr taʼminoti bilan taʼminlash va energetika tizimining shimoli-g‘arbiy qismida elektr tarmoqlarini rivojlantirish hamda isteʼmolchilarga elektr energiyani uzluksiz yetkazib berish.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>