Yangiliklar
«Yashil makon» umummilliy loyihasi: samarqandlik energetiklar jamoasi yaratayotgan bog‘lar
  • 18.11.2022
  • 306

Yurtimizda o‘ziga xos an’anaga aylangan «Yashil makon» umummilliy loyihasida samarqandlik energetiklar jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli podstansiya hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi  obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbiri Samarqand tumanidagi Xishrav qo‘rg‘onida o‘tkazildi. Unda samarqandlik energetiklar 150 tupga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

⚡️ «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosiy ish — elektrt energiyasini generatsiya jarayonidan past kuchuchlanishli tarmoqlarga yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlari orqali barqaror uzatish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmagan holda davom ettirilmoqda.

✍️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>