Yangiliklar
Energetika vazirligi: Joriy yilda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi
  • 25.11.2022
  • 276

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida yurtimizda umumiy quvvati 1 374 megavatt bo‘lgan 6 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

➖Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

➖Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;

➖Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

➖Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

➖Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

➖Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

➖Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Ushbu 7 ta elektr stansiya yiliga 11 milliard 300 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 503 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Stansiyalar qurilishi davomida 3 960 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ular ishga tushishi natijasida 545 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/2295

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>