Qiziqarli xabarlar
Shveytsariya dengiz suvida harakatlanuvchi elektromobil ishlab chiqmoqda
  • 21.12.2022
  • 182

Shveytsariyaning «NanoFlowcell» kompaniyasi suyuq oqim akkumulyatori bilan jihozlangan «Quantino Twentyfive» elektromobilini ishlab chiqmoqda. Quvvatlash o‘rniga sho‘r suvga asoslangan elektrolit bilan quvvatlashni talab etiladi.

Ajoyib dizayn va futuristik intererga ega bo‘lgan to‘rt o‘rindiqli kichik sportkar 965 km masofani bosib o‘ta oladi. U 108 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va 5 soniyada 100 km/s tezlikka erisha oladi hamda eng yuqori tezilk 200 km/soatni tashkil etadi.

Elektromobilning akkumulyatori musbat va manfiy zaryadli elektrolitlar bilan to‘ldirilgan ikkita 160 litrli bakdan iborat. U oddiy sho‘r dengiz suvi asosida tayyorlanadi.

#elektromobil

Manba: https://t.me/clearenergy/1757

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>