Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «60-uy manzilida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining havo liniyasi og‘ishi natijasida uyning tom qismiga juda yaqin kelgan (0.5–1 metr)»
  • 04.01.2023
  • 209

Murojaat egasi: Yo‘lchiboev Faxriddin Ikromjon o‘g‘li, Namangan viloyati

Elektron pochta: fakhriddin7703@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlog‘i/shaharchasi, “Shuvar” mahallasi, 60-uy manzilida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining havo liniyasi og‘ishi natijasida uyning tom qismiga juda yaqin kelgan (0.5–1 metr). Ushbu xavfli holatni bartaraf etilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Faxriddin Ikromjon o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Murojaatda keltirilgan manzilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansida bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari mavjud emas va bu liniya katta ehtimol bilan 10 yoki 35 kV kuchlanishli bo‘lishi mumkin. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mas'ullari masalani joyiga chiqib o‘rganib, ijobiy hal etadi, degan umiddamiz.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16204    

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>